So’nggi yangiliklar

12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  5 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  10 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  2 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  5 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  11 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  19 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  31 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  21 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  250 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2

Kapadze va Hakimovni ikkinchi davrada “Neftchi”da ko'ramiz...mi? Yangiliklar

Kapadze va Hakimovni ikkinchi davrada “Neftchi”da ko'ramiz...mi?

Muxlislar orasida Temur Kapadze va Temur Hakimovni ikkinchi davrada “Neftchi” tarkibiga kelib qo'shilishi borasida gap-so'zlar urchiy boshladi.
Bunga farg'onaliklar ustozi Murod Ismoilov “Olmaliq” bilan o'yindan so'ng o'z munosabatini bildirib o'tdi.

- Albatta tanaffus vaqtida ayrim chiziqlarni kuchaytirish uchun ko'z ostimizga olib qo'ygan o'yinchilar yo'q emas. Lekin hozircha ularning nomini aytish shart emas. Kapadze va Hakimov nomlari esa ochig'i bizning rejamizda yo'q edi. Lekin ularning ikkisini ham agarda imkoni bo'lsa, jamoamda ko'rish istardim. CHunki Temurlar o'yinchi emas, ular professional futbolchidir. Ular o'ynashni biladi. Tajribali Temur Kapadze ayni damda “Lokomotiv” sharafini himoya qilmoqda. Bir narsani to'g'ri tushunish lozim, bugungi kunda “Neftchi” bilan “temiryo'lchilar”ning sharoiti anchagina farq qiladi. Istaysizmi yo'qmi, yosh o'tgan sari har qanday futbolchi kelajakni taminlab olishi uchun ishlaydi.

- Iqtidorli futbolchi Temur Hakimovga keladigan bo'lsak, uning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Kubok bahsida “Oq-tepa” bilan o'ynaganimizda ushbu futbolchi bizda iliq taassurot qoldirdi. Lekin bu uning ikkinchi davrada jamoamizga keladi degani emas. Qolaversa Hakimovni ayni damda “Oq-tepa” bilan amalda shartnomasi bor.

- O'zimga qolsa, Temurlarning har ikkisini ham “Neftchi”da ko'rishni xohlardim. CHunki ular bizga yordam bera oladigan futbolchilardir – deydi Murod Ismoilov.

Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика