Kante terma jamoa yig'ilishiga besh yarim soat oldin keldi
18 mar 2019 18:00
Yangiliklar


Kante terma jamoa yig'ilishiga besh yarim soat oldin keldi
"CHelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante Franciya terma jamoasi tasarrufiga qo'shildi.
Franciyalik futbolchilar kunduzgi soat 12da Klerfontendagi bazada yig'ilishi kerak edi. Kante tonggi soat 6:30da ushbu joyga etib keldi. Undan keyin bazaga Kingsli Koman kirib keldi, ammo bu soat 11:00 atrofida sodir bo'ldi.
(Ushbu surat L’Equipe nashriga tegishli)
Franciya futbol federaciyasining suratkashi ham yig'inga Kantedan keyin kelgani tufayli "CHelsi" yarim himoyachisidan boshqa deyarli hamma futbolchilarning bazaga kirib ketayotgani aks etgan suratlarni oldi.
Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasi 23 mart kuni Moldova, 26 mart kuni Islandiya bilan bahs o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar