Kanselu sevimli futbolchisi kimligini aytdi
28 dek 2023 20:56
Yangiliklar
Kanselu sevimli futbolchisi kimligini aytdi
"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu qaysi futbolchi uning kumiri ekanligi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchining huquqi "Manchester Siti"ga tegishli hisoblanib, hozirda u "ko'k-anorranglilar"da ijara asosida o'ynaydi.
“Eng katta kumirim hamisha Ronaldino bo'lgan. Televizorda uning o'yinini ko'rganimda, menga eng ko'p turtki bergan futbolchi u edi. Roni chinakam istedod egasi va sehrgar hisoblanadi", — dedi Kanselu.
Eslatib o'tamiz, Ronaldino 2003 yildan 2008 yilgacha "Barselona"da to'p tepgan. FIFA talqiniga ko'ra, braziliyalik hujumchi ikki marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan, shuningdek, 2005 yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
Fikrlar