Kannavaro 2021 yilgi “Oltin to'p” uchun uchta favorit nomini aytdi
23 noy 2021 20:15
Yangiliklar
Kannavaro 2021 yilgi “Oltin to'p” uchun uchta favorit nomini aytdi
Italiyalik sobiq himoyachi o'zining ekspertlik fikri bilan o'rtoqlashdi.
2006 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan 48 yoshli Fabio Kannavaroning fikricha, bu yil "Oltin to'p" uchun kurash uchta futbolchi o'rtasida kechadi.
"Bu yil “Oltin to'p”ni kimga bergan bo'lardim? Messi Amerika kubogida yaxshi qatnashib, g'olib chiqdi, ammo Benzema ham nomzod va albatta, Levandovski.
Aniq bir favoritni ko'rmayapman, lekin u mana shu uch kishidan biriga nasib qiladi. Agar 2020 yil inobatga olinsa, shubhasiz, Levandovski olardi, hozir esa har kim g'alaba qozonishi mumkin", – dedi Kannavaro.
Fikrlar