Kanchelskis: "Sancho "Yunayted" uchun ajoyib transfer bo'lardi"
10 mar 2019 13:40
Yangiliklar


Kanchelskis: "Sancho "Yunayted" uchun ajoyib transfer bo'lardi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Jeydon Sancho mankunianliklar uchun mos tushishini aytib o'tdi.
"Sancho "Manchester Yunayted" uchun ajoyib transfer bo'lardi. SHunday futbolchi Bundesligaga hech qancha mablag' evaziga ketgani juda achinarli. Endi u tez orada kamida 90 million funt evaziga qaytadi. U ham Pogba kabi tajribaga ega bo'lib bo'ldi.
Sancho "Borussiya"da qanday iqtidorga ega ekanligini ko'rsatib bo'ldi. Yosh futbolchi boshqa davlatda sovrinlar uchun kurashadigan jamoa tarkibiga borib, asosiy o'yiniga aylanishi juda chiroyli holat. "Manchester Siti" shunday iqtidorni ko'ra olmagani odamni ajablantiradi", - dedi Kanchelskis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar