Kanchelskis rus klublaridan birida ish boshlaydi
09 okt 2020 21:45
Yangiliklar


Kanchelskis rus klublaridan birida ish boshlaydi
8 oktyabr kuni "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis jamoa bilan shartnomani bekor qilgani to'g'risida xabar bergan edik.
Eshitdik-da! Kanchelskis "Navbahor" bilan shartnomani bekor qildi va FIFAga murojaat qilmoqchi
Biroz avval "Match TV" mutaxassis rus klublarida ishlashga tayyorligi to'g'risida xabar qildi.
"Navbahor" bosh murabbiyi A. Kanchelskis Namangan klubi bilan shartnomani bekor qildi.
Bunga klub 4 oy mobaynida murabbiyning maoshini to'lamagani sabab bo'lgan. "Navbahor" Kanchelskis qo'l ostida so'nggi 13 yilda ilk bor O'zbekiston chempionatining bronza medallariga ega chiqdi.
Ayni paytda mutaxassis MFL klublarining takliflarini ko'rib chiqishga tayyor. Hozir 51 yoshli Andrey Antanasovichning nomzodi Tolyattining "Akron" klubiga taklif qilingan", deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar