So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Kanchelskis: "Qarshidagi futbol sharoitini ko'rib, maydonga tushib futbol o'ynagim keldi" Yangiliklar

Kanchelskis: "Qarshidagi futbol sharoitini ko'rib, maydonga tushib futbol o'ynagim keldi"

Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis o'yin haqidagi fikrlari bilan jurnalistlar oldida o'rtoqlashdi.

Andrey Kanchelskis: - Yaxshi o'yin bo'ldi. "Nasaf" ajoyib, yosh istedodlarga to'la jamoa. Bu jamoaning kelajagi porloq ekanligiga shubha yo'q. Quvonarlisi, "Nasaf" futbol o'ynashni yoqtiradigan jamoa. O'ylashimcha, biz haqli ravishda g'alaba qozondik. CHunki bizda o'yin davomida ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. 

- Tan olish kerak, raqib yaxshi taassurot qoldirdi. "Nasaf"dagi sharoitlarga qoyil qolish kerak. Futbol uchun barcha narsa shay. Ajoyib o'yingoh, sifatli maydon va zo'r muxlislar. Bugungi futbol atmosferasi uchun barchaga rahmat. Bunday maydonda futbol o'ynash juda yoqimli. Ochig'i, muhitni va maydonni ko'rib futbol o'ynagim keldi. Afsuski hozirgi holatim futbol o'ynashga yaramaydi (kuladi).

- Jamoamizning o'yinga yondoshuvi menga yoqdi. Omad biz tarafda bo'ldi, gol urdik. Ikkinchi bo'limda ham gol urish uchun vaziyatlar yuzaga keltirdik. 

- "Navbahor"da ajoyib kollektiv bor. Bugungi o'yin uchun futbolchilarga tasanno. Jamoamiz kelgusi o'yinlarda ham shunday ruhda ishlashda, futbol o'ynashda va kurashishda davom etadi. 

- Namangandan kelgan muxlislarga alohida rahmat. To'g'ri, ular bugun kamchilikni tashkil qildi. Lekin muhimi ular biz bilan birga bo'lishdi. 

- "Nasaf"ni o'yindan avval chuqur tahlil qilib, diqqat bilan o'rgangandik. Ularga bo'sh hudud qoldirmadik. Aynan shu jihat ham muhim rol o'ynadi. "Nasaf"ning qanotlarini yopishga erishdik. CHunki aynan qanot futbolchilarining tezligi va faolligi evaziga raqib anchayin xavfli jamoaga aylanadi. SHuningdek, bugun maydon markazini boy bermadik. "Bunyodkor" bilan bahsda aynan shu taraflama yutqazgandik. O'yindagi tartib evaziga qimmatli g'alabani qo'lga kiritdik. 

- Kasyanning jarohati haqida ayni paytda aniq bir narsa deya olmayman. Hammasi ertaga malum bo'ladi. Agarda uni ko'p muddatga yo'qotadigan bo'lsak, unda bu katta yo'qotishga aylanadi.

- Bu ikkinchi taraflama zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarga imkon bo'ladi. Endi ularga imkoniyat tug'iladi. Zaxirada o'tirib, men zo'rman, maydonga tushsam unday qilaman, bunday qilaman deguvchi futbolchilarning vaqti keladi. Biz barchaga imkoniyat beramiz. Maydonga tush va zo'rligingni isbotla! Meni tarkibga qo'ymaydi deydigan futbolchilarga imkoniyat taqdim etamiz. "Navbahor" futbolchisi ekanligini isbotlaydigan va jamoaga yordam bera oladigan darajadaligini ko'rsatadigan payt keldi. 

- Meni quvontirayotgani, bizda yaxshi kollektiv mavjud. Jamoada g'oliblik ruhiyati bor. O'tkazlgan barcha 4 o'yinda biz yomon o'ynamadik. Faqatgina "Bunyodkor"ga qarshi dastlabki bo'limda umuman o'ynay olmagandik. Qolgan bahslarda o'yin taraflama jamoaga etiroz yo'q. 

- O'yindan avvalgi bosimn his etdimmi? Barchasini rahbariyat hal etishi haqida kecha "championat.asia" saytiga bergan intervyuda ham takidlagandim. Biz bahsga jiddiy yondoshib, yaxshi darajada tayyorgarlik ko'rdik. Qaytaraman, "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan tashqari qolgan bahslarda jamoamiz yomon taassurot qoldirmadi. Natija uchun javobgarlikdan qochmayman, o'tgan o'yinlarda meni ham aybim bo'lgandi. Bu uchun klub va muxlislardan uzr ham so'radim. Bu futbol. Unda qaerdadir senga omad kulib boqadi, qaerdadir yo'q. Hayot esa davom etmoqda. Murabbiylikning ishi shunday: yutsang yaxshisan, yutqazsang esa aksincha. 

- To'g'ri, Slavko Lukich bugun majburan markaziy himoyada o'ynadi. Umid qilamizki, tez orada  "Nasaf" uchun juda ko'p ish qilgan Igor Golban safimizga qaytadi. Lukichning bugungi o'yini va maydondagi majburiyatlarini alo darajada bajarganidan ko'nglim to'ldi. Nafaqat Lukich, balki barcha bugun o'z ishini alo bajardi.

- "Navbahor"ning vazifa har o'yinda g'alaba uchun kurashish. Eng oliy vazifa shu. 

- "Nasaf" haqida iliq fiklar bildirishim mumkin. Yuqorida aytganimdek ajoyib jamoa. Bilishimcha, ayni paytda jamoa oldida moliyaviy muammolar yuzaga kelgan. Bugun omad bizga kelib boqdi. Kelgusi uchrashuvlarda "Nasaf"ga omad tilayman.

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика