So’nggi yangiliklar

22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  0 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  0 21:58Россия кубоги. "Зенит" – ЦСКА. Бошланғич таркиблар аниқ!  6 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:35Элит ОЧЛ, ярим финал. "Ал Насср" – "Кавасаки" (онлайн ҳисоб)  33 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  3 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  16 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  8 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  6 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  1 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  6

Kanchelskis matbuot anjumanida "Andijon" futbolchilarini raqqosalarga tenglashtirdi, hakamni esa umrbod futboldan chetlatish shartligini aytdi (to'liq) Yangiliklar

Kanchelskis matbuot anjumanida "Andijon" futbolchilarini raqqosalarga tenglashtirdi, hakamni esa umrbod futboldan chetlatish shartligini aytdi (to'liq)

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Andijon"ga (1:1) qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida juda keskin fikrlarni bildirdi.

"Yana raqibga 2 ochko sovg'a qildik. Bugungi hakamlikni shunchaki rasvo deb atayman. To'p raqib darvozasi tomon borayotganda qo'lga tegmoqda, qanday qilib bu vaziyatni boshqacha izohlash mumkin? Odamlarga insof bormi yoki yo'q? SHarmanda! Hech qanday insof yoki vijdon yo'q. Bunday hakamlarni (Ahrol Risqullaev - tahririyat) umrbod diskvalifikaciya qilib, futbolga umuman yaqinlashtirmaslik kerak! Bu halokat! Rasvogarchilikdan boshqasi emas! Nimalar bo'lmoqda? To'p boshga tegsa futbolchi 5 daqiqa maydonga yotib olishini qanday izohlash mumkin? To'p zarbidan hech kim o'lib qolmaydi. Nahotki futbolchilar uyalmaydi? Angliyada bu ish uchun allaqachon futbolchini yo'q qilishardi.

Bu futbol emas, balki raqqosalar maydonga chiqqandek gap. Uyat! Uyalish kerak futbolchilar, uyalishi! O'yinni to'xtatib qo'yishmoqda. Futbol o'ynab bo'lmayapti. Menga aytinglarchi, bugun tez tibbiy yordam mashinasi birovni shifoxonaga olib ketdimi? Kimdir javob bera oladimi? "Andijon" futbolchilari qizlardek maydonga yotib olaverib vaqtni o'ldirdi. Uyalish kerak! Uyat!

To'g'ri, derbi har doim shunday qizg'in o'tadi. Lekin o'yinga tuzukroq hakam qo'yish kerak! Nimalar ruy bermoqda?", - deya juda keskin ohangda o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Andrey Kanchelskis. 

- "Navbahor" bugun raqqosalarga qarshi o'ynadi demoqchimisiz? Unda "Navbahor" Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi qanday o'yin vaqtini cho'zgandi? Bunga nima deya olasiz?

- To'p boshiga tekkan futbolchi maydonda 2 daqiqa yotib olishga haqqi yo'q! Siz o'zingiz futbol o'ynaganmisiz? Siz futbol nimaligini bilmaysiz. Angliyada qanday futbol o'ynashadi, ko'ring. "Paxtakor" bilan o'yinda bizning shifokor maydonga umuman chiqqani yo'q. Nimalar deyapsiz? "Andijon" jamoasi tibbiyot xodimlari bugun necha marotaba maydonga chiqishdi? Besh marotaba yugurib chiqishdi. To'g'ri, sizlar uchun natija qoniqarli bo'ldi, tushunaman. Bu eng muhimi. "Andijon" futbolchilari qo'li yoki oyog'i singanda ham mayli edi. To'g'ri tushunardim. Lekin maydonga yotib olish uchun chiqilmaydi. Ishqibozlar ko'rmaydi deb o'ylaysizmi? Stadionga tashrif buyurgan namanganlik ishqibozlar shunchaki "Andijon" futbolchilariga idish otishdimi? Agarda ular vaqtni cho'zib maydonga yotib olishmaganida, muxlislar ham idishlarni otishmasdi. Penalti ham yo'q edi dersiz balki? Agarda takroriy lavhani ko'rmagan bo'lsangiz, unda men sizga aytaman. Men ko'rdim, bu 100% penalti. 

Yana nima ham derdim? Derbi o'z nomiga mos o'tdi. Bunday bahslarda keskinlik avj oladi. Vodiy o'rtasidagi qarama-qarshilik doim shunday yuqori bosim ostida o'tadi. Aktivimizda ochko qo'shib olmaganimizdan afsusdaman. O'ylashimcha, hech kim natijadan qoniqmadi. 


- Nima deb o'ylaysiz, "Navbahor" bugun raqib "Andijon" kuchiga to'g'ri baho bermadimi?

- Bu to'qnashuv o'z nomi bilan derbi. Raqib kuchiga etarlicha baho berilmagan deyish noo'rin. Bunday o'yinlarga futbolchilarni ortiqcha tayyorlashga ham hojat yo'q. Men o'zimdan bilaman. Faoliyatim davomida bir qancha derbilarda o'ynaganman. Derbi sifatida bugungi o'yin yomon o'tmadi. Ehtiroslar, hissiyotlar jo'nbushga kelgan. Yana o'sha hakamlik mavzusi. Ochig'ini aytaman, o'tgan 10 tur davomida hali birorta hakam bizga yordam berganini ko'rmadim. Negadir "Navbahor"ga qarshi aniq bir kurash kechayotgandek. Negaligini esa bilmayman. 


- "Navbahor"ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Nima sizni qoniqtirmayapti?

- Men avvalgi matbuot anjumanlarida ham takidlaganimdek, jamoamizda "Navbahor" darajasiga mos bo'lmagan futbolchilar bor. Buni inkor etmayman. To'g'risini aytaman, shunday futbolchilar mavjud. Eski rahbariyat bizga kerakli futbolchilarni olib kelishni vada berib, yakunda buni amalga oshirishmagandi. Nima uchunligini esa bilmadim. Bu haqida avvalgi rahbariyatga murojaat qilish to'g'riroq bo'ladi. Tarkibda 1-2 nafar menga yoqmaydigan futbolchilar borligini rad etmayman, ammo ular kimligini aytmoqchi emasman. Nima ham qilardim? Yozgi transfer oynasini kutamiz. Men nega bizga qarshi bunday hakamlik davom etayotganini tushunmayapman. SHu meni ko'proq o'ylantirmoqda. Birinchi davrani qolgan o'yinlarida ishlab, maksimal ochko to'plash lozim. Qolgan ishlarni esa keyinroq hal qilamiz. Durang ko'payib ketdi. Oxirgi vaqtlarda ko'p gol o'tkazyapmiz. Yutish uchun esa avvalo kam gol qo'yvorish lozim. Bugun Oston O'runov juda yomon o'ynadi. Terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchining bunday harakati tushunarsiz. G'ulomov ham kerakli darajada o'ynolmadi. Qizig'i, uni ham Olimpiya terma jamoasiga chaqirishdi va bugun o'yini o'xshamadi. Yana qaytaraman, O'runovning bugungi o'yinini izohlash mushkul. Balki terma jamoaga borib kelib o'zgarib qolar. Milliy terma jamoada kim nima qilishini, vaziyatni ko'rib, balki o'zgarar. Futbolchi futbolni o'zi uchun emas, jamoa foydasiga o'ynashi lozim. Futbol jamoaviy sport turi. Individual harakatlarni esa o'z vaqtida ishlatgan maqul. Oston jamoa uchun o'ynashni o'rganishi zarur.

Navbahor

Aziz Ibragimov - 77'

Superliga. 10-tur

25/05/2019, 18:50

1
:
1
Tugadi

Andijon

Ro’zimboy Ahmedov - 18'

45'
90'
77'  Aziz Ibragimov
18'  Ro’zimboy Ahmedov
18'  Oybek Qilichev

Reyting: +107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика