Kanchelskis Evropa ligasida qaysi jamoa g'olib bo'lishini aytdi
27 may 2019 22:35
Yangiliklar


Kanchelskis Evropa ligasida qaysi jamoa g'olib bo'lishini aytdi
Navbahor bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Evropa ligasining final bahsida qaysi jamoa g'olib bo'lishi mumkinligi haiqda fikr bildirdi.
«CHelsi» hamda «Arsenal» o'rtasidagi hal qiluvchi bahs 29 may kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tadi.
“Ikkita ajoyib jamoa bir-biriga qarshi to'qnash keladi. Bahsda ko'p gol urilishini kutmoqdaman. G'oliblikka asosiy davogar qaysi klub degan masalaga keladigan bo'lsak, bu «CHelsi». Bu jamoada yaratuvchi futbolchilar ko'p va jamoa ham «Arsenal»ga nisbatan ancha muvozanatlashgan. «To'pchilar» bir maromda o'ynay olmaydi. Yaxshi o'ynaydigandek ko'rinadi. Biroq, barchasi puchga chiqadi. O'ylashimcha, «CHelsi» Evropa ligasida zafar quchadi”, – deya qayd etgan 50 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar