Kanchelskis: "Bu tarixdagi eng kuchsiz Rossiya termasi"
17 noy 2019 12:23
Yangiliklar


Kanchelskis: "Bu tarixdagi eng kuchsiz Rossiya termasi"
Rossiya termasining sobiq futbolchisi, ayni damda "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis termaning Belgiyadan uchralgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Belgiyaga qarshi birinchi o'yinning o'zidayoq bizning asl darajamiz ko'ringandi. Keyin esa Kipr, San-Marino termalari mag'lub etildi va biz quvona boshladik. Biz bu termalarni mag'lub etishimiz shart edi. Endi biz yana o'sha o'rindamiz va kim aslida kim ekanligi ko'rindi.
Futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q - ular oxirigacha kurashishdi. Barchasi oddiy - bizning hozirgi darajamiz shunday. Menimcha bu tarixdagi eng kuchsiz Rossiya termasi", - dedi Kanchelskis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar