Kamolov: "Men urgan gol jamoaga 3 ochko olib kelganidan xursandman"
05 mar 2023 21:49
Yangiliklar


Kamolov: "Men urgan gol jamoaga 3 ochko olib kelganidan xursandman"
Tojikiston va Ummon terma jamoalari to'qnash kelgan o'yinning eng yaxshi futbolchisi Amadoniy Kamolov o'yin haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
- O'yin haqida fikrlaringiz?
- O'yin qiyin bo'ldi, ko'p mehnat qildik va g'alabaga erishdik. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiraman.
- Uchrashuvda eng yaxshi o'yinchi bo'lganingiz bilan tabriklayman, keyingi uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisizlar?
- Rahmat, biz keyingi uchrashuvda eng yaxshi o'yinmizni namoyish etishga harakat qilamiz. Yigitlarda katta motivaciya bor.
- O'yinchilar ko'p holatlarda xavfli vaziyatlardan foydalana olishmadi, agar siz gol urmaganingizda, natija ikkala jamoa uchun ham qoniqarsiz bo'lar edi. SHu haqida fikringiz?
- Ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdik, lekin bita vaziyatda gol urdik va men urgan gol jamoamga uch ochko olib kelganidan xursandman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar