Kamoliddin Tojiev "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin
08 jan 2016 12:00
Yangiliklar


Kamoliddin Tojiev "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin
Toshkentning "Paxtakor" klubi himoyachisi Kamoliddin Tojiev faoliyatini poytaxtning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
Tajribali himoyachiga "Lokomotiv" qiziqib qolgan. Klub rahbariyati Tojievni jamoada ko'rishni istamoqda. Hozircha "temiryo'lchilar"ning o'ng qanotida muammo bor. Kamoliddin Tojiev esa ham o'ngda, ham markazda o'ynay oladigan himoyachilar sirasiga kiradi.
Yakunlangan mavsumda Tojiev oliy ligada 9ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar