

Tajribali himoyachiga "Lokomotiv" qiziqib qolgan. Klub rahbariyati Tojievni jamoada ko'rishni istamoqda. Hozircha "temiryo'lchilar"ning o'ng qanotida muammo bor. Kamoliddin Tojiev esa ham o'ngda, ham markazda o'ynay oladigan himoyachilar sirasiga kiradi.
Yakunlangan mavsumda Tojiev oliy ligada 9ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi.




