Kamoliddin Tojiev: "Bugun yigitlarda charchoq sezildi, har 3 kunda maydonga tushyapmiz"
09 noy 2024 19:17
Yangiliklar


Kamoliddin Tojiev: "Bugun yigitlarda charchoq sezildi, har 3 kunda maydonga tushyapmiz"
Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (5:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Kamoliddin Tojiev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mavsum oxiri ekanligi ikkala bo'limda ham sezildi, chunki har 3 kunda maydonga tushyapmiz. Boz ustiga "Ar Rayyan" bilan ham qiyin o'yin o'tkazdik. Yigitlarda charchoq sezildi deya olaman",- deydi Kamoliddin Tojiev.
- Yirik hisobdagi mag'lubiyatga chetlatish ham tasir qildimi?
- Bungacha hisob 2:2 bo'lib turgandi. CHetlatish ham tasirini o'tkazdi. 10 kishi qiynaldik, yuqorida aytganimdek charchoq bilinmoqda. Oldinga chiqib gol uramiz deb o'zimiz o'tkazib yubordik. "Navbahor" biz uchun har doim principial raqib hisoblanadi.
- Dragan CHeran bugun nima uchun ko'rinmadi?
- Mazasi yo'qligi uchun kela olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar