

"Mavsum oxiri ekanligi ikkala bo'limda ham sezildi, chunki har 3 kunda maydonga tushyapmiz. Boz ustiga "Ar Rayyan" bilan ham qiyin o'yin o'tkazdik. Yigitlarda charchoq sezildi deya olaman",- deydi Kamoliddin Tojiev.
- Yirik hisobdagi mag'lubiyatga chetlatish ham ta’sir qildimi?
- Bungacha hisob 2:2 bo'lib turgandi. Chetlatish ham ta’sirini o'tkazdi. 10 kishi qiynaldik, yuqorida aytganimdek charchoq bilinmoqda. Oldinga chiqib gol uramiz deb o'zimiz o'tkazib yubordik. "Navbahor" biz uchun har doim principial raqib hisoblanadi.
- Dragan Cheran bugun nima uchun ko'rinmadi?
- Mazasi yo'qligi uchun kela olmadi.



