So’nggi yangiliklar

23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  4 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  35 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  2 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4

Kamoliddin Murzoev: Futbolimiz obro'siga putur etkazadigan holatlar bo'lyapti Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: Futbolimiz obro'siga putur etkazadigan holatlar bo'lyapti

Tajribali hujumchi Kamoliddin Murzoev uchun bu yilgi mavsum biroz omadsiz o'tmoqda.

Surunkali jarohatlar futbolchining o'zi istagandek o'yin namoyish etishiga to'sqinlik qilyapti. Boz ustiga, uning jamoasi Olmaliq ham ikkinchi davrani muxlislar, murabbiylar va klub rahbariyati kutganchalik o'tkazmayapti.

Oraliq tanaffusga 4-o'rinda chiqib ketgan olmaliqlik futbolchilar Viktor Kumikov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishonchini to'liq oqlashmayapti. Biz omadsizlik iskanjasidan batamom chiqib keta olmayotgan "Olmaliq" hujumchisi Kamoliddin Murzoev­ bilan bog'lanib, uning mavzu doirasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Kamoliddin, muxlislar sizni biroz yo'qotib qo'ygandek bo'lishdi. Bu jarohatlar tasiridanmi yoki boshqa sabablar bormi?

- Birinchi taxminingiz to'g'ri. Afsuski, jarohat tufayli ko'p vaqtimni maydondan tashqarida o'tkazdim. Ikkinchi davrada ham asosan jarohatni davolash bilan band bo'l­yapman.

- Hozir o'zingizni yaxshi his qilyapsizmi?

- Hali ham jarohat asoratlari bor. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, oxirgi ikki uchrashuvda maydonga tushdim. Og'riq qoldiruvchi ukollar yordamida o'ynashimga to'g'ri keldi.

- Bu eski jarohatmi yoki shu yil orttirib oldingizmi?

- O'tgan yili olgandim. Hali to'laligicha bitib ketmadi. To'laqonli kuch bilan harakat qilganimda, yugurganimda og'riq beryapti.

- Jarohat oyog'ingizning qaysi qismida? SHifokorlar qanday tashxis qo'yishyapti?

- CHap tizzamda. SHu yil qishda Germaniyada jarrohlik stoliga yotgandim, o'sha erda muolaja olganman.

- Surunkalimasmi?

- Yo'q. Kuchli yuklamalardan so'ng shamollatib qo'yganman. SHu bezovta qiladi.


- Olmaliq ikkinchi davrani ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. SHaxsan o'zingiz buning sabablarini tahlil qilib ko'rdingizmi?

- Xabaringiz bor, bu yil jamoamiz tarkibi 70 foizga yangilandi. Klub oldiga katta vazifalar qo'yilgandi. Birinchi davrani ijobiy ko'rinishda yakunladik. Kuchli to'rtlikdan joy egallab turgandik. Hamma narsa o'z qo'limizda edi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik ham yuqori saviyada tashkil etildi. Belarus davlatida xorij yig'inini o'tkazib qaytdik. Yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazildi. SHuningdek, safimizga tajribali futbolchilar kelib qo'shilishdi. Ammo ikkinchi davrada biz o'ylagan, muxlislar kutgan natija kuzatilmayapti. SHaxsiy fikrim, omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Futbolda yuqori natijaga erishish uchun bir yil kamlik qiladi. Yangi kelganlarning bir-birini to'liq tushunib o'ynab ketishi uchun vaqt kerak.

- Jamoada echimini kutayotgan qanday muammolar bor? Yoki sizlarga faqat omad etishmayaptimi? Maoshlarni vaqtida olyapsizlarmi?

- Maosh masalasida hech qanday muammo yo'q. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. To'g'risi, natijaga salbiy tasir o'tkazuvchi bosh­qa hech qanday muammo ko'rmayapman.

- Bunday vaziyatda bosh murabbiy nima deyapti?

- Viktor Kumikov oxirigacha kurash olib borish kerakligini, ko'proq mehnat qilishimiz lozimligini uqtiryapti.

- Kamoliddin, jamoadoshlaringizga qaraganda, siz Kumikovni, o'z o'rnida Viktor Balyutovich sizni yaxshiroq biladi. Mana shunday omadsiz kunlarda murabbiydan tavsiya olyapsizmi?

- Murabbiyimiz bunday holatga tushib qolganimni ko'p o'ylamasligimni, tushkun holatga tushmasligimni va imkon qadar tezroq bu qora chiziqni bosib o'tishimni aytyapti. O'zim ham qanday holatda qolganimni tushunib turibman. Faqat sabr hamda mehnat evaziga og'ir damlarni engishim mumkin.

- Nima deb o'ylaysiz, jamoa qiyin vaziyatdan chiqib keta olarmikan?

- SHunga harakat qilamiz. Omadsizlik bu darajada uzoq davom etmasa kerak. Faqat birdamlik, ahillik, yagona maqsad sari intilish evaziga bunday og'ir vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkin. CHempionat yakunlanishiga tobora oz fursat qolyapti. Vaqt kutib turmaydi. SHuning uchun, o'zimiz harakat qilmog'imiz darkor.

- Jamoaning ikkinchi davradagi omadsiz ishtirokiga rahbariyat tanqidiy munosabat bildirmadimi? Umuman, ular mavjud holatni qanday qabul qilishyapti?

- Albatta, rahbariyat hamma sharoitlarni yaratib berganidan ke­yin natija so'raydi. Bunga ular har tomonlama haqli. Lekin hozircha u darajada jiddiy tanqid bo'lmadi. Boisi, ular ham vaziyatni ko'rib turishibdi. Murabbiylar o'z vazifalarini sidqidildan bajarishyapti. Futbolchilar mashg'ulotlarda ter to'kishyapti, o'yinlarda astoydil harakat qilishyapti.

- CHempionatimizda so'nggi turlarda hakamlar bilan bog'liq kutilmagan voqealar kuzatilyapti. Futbolchilarning diskvalifikaciya qilinish holatlari uchradi. Masalan, Oybek Qilichev bir yilga futboldan chetlatildi. Bizga xos bo'lmagan bunday holatlarga qanday fikr bildira olasiz?

- Albatta, bu futbolimizni bezamaydigan, achinarli holat. Futbolimiz obro'siga ham salbiy tasir o'tkazadi. O'FF rahbariyati vaziyatni to'liq o'rganib, qaror chiqaryapti. Ulardan o'tib, bir fikr bildira olmayman. Umid qilamanki, endilikda bu kabi holatlar bizning futbolni chetlab o'tadi.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика