So’nggi yangiliklar

14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  1 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   2 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  16 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6

Kamoliddin Murzoev Denisov bilan Jizzaxga borgan. Nega? Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev Denisov bilan Jizzaxga borgan. Nega?

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev bilan suhbatlashib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik.

— Kamoliddin aka, PFL ijroiya qo'mitasi qarzi bor klublarning yangi futbolchilariga licenziya berilmasligini elon qildi. Bu qarorning siz himoya qiladigan o'yinchilar uchun salbiy va ijobiy jihatlariga to'xtalsangiz.

— Bu qaror bizning himoyamizda bo'lgan va uzoq muddatdan beri klublaridan o'z haqini undirolmayotgan futbolchilar oldida ulkan qulaylik paydo qiladi. Turli sabablar bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan mijozlarimizga esa biroz murakkab bo'lyapti. 

— Bu ijobiy qadammi?

— Albatta, agar qarzdorliklar echimini shunday yo'l bilan hal qilmasak, bu "girdob"dan chiqib ketishimiz qiyin bo'lyapti. CHunki ko'plab jamoalarimizda o'yinchi oldidagi qarzlar yildan-yilga o'tib kelmoqda. Keskinroq chora qo'llanmasa, bu hol yana uzoq yillar davom etishi mumkin.

— Sizning tashabbusingiz bilan "Players Red Button" ilovasi O'zbekistonga ham kirib keldi. Halol futbolni targ'ib qiladigan bu loyiha barcha o'yinchilargacha etib bordimi?

— To'g'ri takidladingiz, uyushmamiz bilan "Red Button" loyihasini yurtimiz futbolchilariga taqdim qildik. Hozircha 50-60% o'yinchilar qamrab olindi. Mavsumning 2-yarmida ayollar va Birinchi ligada to'p tepadiganlarga ham ushbu ilovani etkazishni maqsad qilganmiz.

— Bugungi kunda Futbolchilar uyushmasi azolari nechtaga etdi?

— Ayni paytda 500ga yaqinlashib qolgan. Yil yakuniga qadar yana ko'payib qolishadi. Umuman olganda, deyarli barcha o'zini Futbolchilar uyushmasi azosi sifatida ko'rsa ham, rasmiylashtirish jarayonida bazi qiyinchiliklarga duch kelyapmiz.

— Kamoliddin aka, ko'p hollarda klublarda faoliyat yuritadigan ishchi-xodimlar o'z haqlarini ololmay qolib ketishadi. Ularning himoyasini qanday taminlasak bo'ladi?

— Juda muhim mavzuni ko'tardingiz. Ushbu masala yuzasidan biz 2 yildan beri O'FA va O'zPFLga o'z takliflarimizni berib kelyapmiz. Sizga ham aytaman, O'zbekistonda ham Nizolar palatasini ochish vaqti keldi. Bu davr talabi. SHu masalada bazi muzokaralarimiz ham bo'lgan, bazilari to'xtab qolgan. Agar mazkur muammo ijobiy hal bo'lib, O'FA qoshida Nizolar palatasi tashkil qilinsa, ko'plab ishchi-xodimlarning mushkuli osonlashardi...

— Albatta, bu jiddiy muammo. Ayni paytda klublardan o'z haqqini ololmayotgan oddiy ishchilarga sizning uyushmangiz qandaydir yordam bera oladimi?

— Bizga murojaatlar bo'lib turibdi. Ularga huquqiy maslahat beryapmiz. Qaerlarga, qay tartibda murojaat qilishlari mumkinligi ko'rsatyapmiz. Bevosita echimga kelsak, afsuski, xodimlarning nizolarini ko'radigan qo'mitaning o'zi yo'q.

— Bizda futbolchilar yoki murabbiylar ishtirokidagi nizolarni ko'radigan maxsus qo'mita ham yo'q. Yanglishmadimmi?

— SHunday. Bugungi kunda o'yinchilar ishtirokidagi nizolar O'FA qoshidagi Futbolchilarning o'tishi va maqomi bo'yicha qo'mitada ko'riladi. Garchi uning vazifasi butunlay boshqa bo'lsa ham... Bu kamchiliklar qachondir hal bo'lishi kerak. FIFAdagi singari Nizolarni hal qilish palatasi paydo bo'lsa, ishlarimiz ancha engillashadi.

— Denisov kecha "So'g'diyona" bilan shartnoma imzoladi. O'sha paytda sizni ham Jizzaxdagi stadionda ko'rishgan. Bu tasodifmi?

— Yo'q, Vitaliy bilan birga borgandim. Xabaringiz bor, u O'zbekistondagi dastlabki professional shartnomasini imzoladi. Muzokaralarda ishtirok etib, futbolchiga huquqiy masalalar bo'yicha yordam berdik. Ham bolalikdagi do'sti, ham huquqiy maslahat beruvchi mutaxassis sifatida Denisovning yonida bo'ldim.

— Kamoliddin aka, o'zingiz ham Vitaliy bilan birga to'p tepgansiz. Uning O'zbekistonga qaytishi ko'plab muxlislarni xursand qilgani aniq. Sizning bu boradagi fikrlaringiz qanaqa?

— Bu transfer mahalliy ishqibozlar uchun kutilmagan syurpriz bo'lib, ko'pchilikni xursand qilgani aniq. Denisovning tarixi, u o'ynagan saviya butunlay boshqa daraja. Muxlislar uni juda sog'inishgan edi. U "So'g'diyona" yutuqlariga hissa qo'shishiga ishonaman va Vitaliyga Sanjar Tursunov singari faqat omad tilayman.

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика