So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

“Kamoliddin Kenjaev” turniriga taklif etamiz! Yangiliklar

“Kamoliddin Kenjaev” turniriga taklif etamiz!

Kamoliddin Kenjaevni “Nasaf” muxlislari juda yaxshi bilishadi.

Uning “Nasaf” jamoasini tanilishida va yutuqlariga qo'shgan hissasini hamma etirof etadi va hurmat qiladi. Futbolchi avtohalokat tufayli futbolni tark etishga majbur bo'lgan. Og'ir jarohati orqali harakatlanish imkoniyatini ham yo'qotdi. Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlash uchun, unga dalda bo'lish uchun har yili turli tadbir va xayriya akciyalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad uni yolg'izlatib qo'ymaslik.


“Nasaf” muxlislar klubi va futbol maktabi hamkorligida 2 oktyabr kuni Qarshida futbol bo'yicha “Kamoliddin Kenjaev” kubogi turniri tashkil etilmoqda. Ushbu futbol turniri “Nasaf” futbol maktabida o'tkaziladi. Turnirda 2006-2007 yillarda tavallud topgan yosh futbolchilardan iborat jamoalar ishtirok etishadi. Mazkur turnirda Qarshi shahridagi o'rta talim maktablari jamoalari, shuningdek Qashqadaryo viloyatidagi o'rta talim maktablari jamoalari hamda boshqa viloyat jamoalari ham ishtirok etishlari mumkin. Turnirda ishtirok etish hohishi bo'lgan jamoalar 2 oktyabr seshanba kuni, “Nasaf” futbol maktabida soat 10:00gacha ro'yxatdan o'tishlari va buyurtma topshirishlari kerak.

Turnirda “Nasaf” futbol maktabi rahbariyati va murabbiylari hozir bo'lishadi. Turnir ishtirokchilari orasidan futbol maktabimizga iqtidorli yoshlar tanlab olinadi.

Turnir g'oliblari diplom, kubok va esdalik sovg'alari  bilan taqdirlanishadi. G'oliblarni taqdirlash marosimi shu kuni “Markaziy” stadionimizda o'tkaziladigan, “Nasaf” – “Qizilqum”  uchrashuvining tanaffus paytida  tashkil etiladi. Taqdirlash marosimida Kamoliddin Kenjaevning shaxsan o'zi ishtirok etadi.

Futbol uchrashuvini tomosha qilishga yosh futbolchilarning ota-onalarini hamda barcha futbol ishqibozlarini taklif etamiz.

Murojaatlar uchun telefonlar: +998 91 224 74 74 – Sanjar Sayfiev, “Nasaf” muxlislar klubi etakchisi.

                                                           +998 90 443 20 06 – Siroj Eshqobilov, “Nasaf” futbol maktabi murabbiyi.

Turnirga marhamat qiling!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика