Kamol Jo'nashev: "Oy laureati bo'lishimni kutmagandim"
08 avg 2014 18:39
Yangiliklar
Kamol Jo'nashev: "Oy laureati bo'lishimni kutmagandim"
PFL iyun va iyul oylarining umumiy laureatlarini elon qildi.
Unga ko'ra, murabbiylar orasida birinchi liga vakili hisoblangan "Istiqlol" jamoasi bosh murabbiyi Kamol Jo'nashev uchinchi deb topildi. SHu munosabat bilan Kamol Jo'nashev bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.
Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" birinchi bosqichning oxirgi beshta turida to'rtta g'alabani qo'lga kiritdi va ikkinchi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.
- Jamoamizda qishgi yig'in ko'ngildagidek o'tmagani tufayli biroz muammolarga duch keldik. Oxirgi o'yinlarga kelib yoshlardan ko'proq foydalandik, bu albatta effekt bermay qolmadi. Endi esa ikkinchi bosqichda yanada ko'proq yosh futbolchilarni jalb etmoqchimiz. O'zim oy laureatlari orasida bo'lishimni kutmagandim. Oxirgi o'yinlardagi ijobiy natijalarimiz kaliti ruhiyatda deb o'ylayman. Yigitlarni ruhan tayyorlay olganimiz uchun ham ijobiy natijalarga erishdik deb o'ylayman.
Ikkinchi bosqichda jamoa oldiga aniq vazifa qo'yilmagan, asosan yoshlarga etibor qaratgan holda o'ynaymiz. Bunda biz uchun natija birlamchi emas", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Kamol Jo'nashev.

Fikrlar