Kamil Glik: "Polsha uchun Evro endi boshlandi"
20 iyu 2021 15:27
Yangiliklar
Kamil Glik: "Polsha uchun Evro endi boshlandi"
Polsha termasi himoyachisi Kamil Glik Evro-2020 doirasida Ispaniyaga qarshi o'yindagi durang haqida gapirdi.
"Faoliyatimdagi eng muhim o'yinlardan birini o'tkazdim. Oldimizda qiyin vazifa bor, ammo umidlarni yo'qotganimiz yo'q.
Agarda kimdir Polsha guruhdan chiqa olmaydi, deb hisoblasa, adashadi. Hali bor kuchimizni ko'rsata olmadik. Turnir biz uchun endi boshlandi", - dedi Glik.
Polsha guruhda 1 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinda bormoqda. So'nggi turda polyaklar SHveciya termasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar