So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  13 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Kaka: “Amerikada yaxshi pul to'lash bilan birga juda yaxshi yashashadi” Yangiliklar

Kaka: “Amerikada yaxshi pul to'lash bilan birga juda yaxshi yashashadi”

“Oltin to'p”ning 2007 yildagi sohibi Kaka ayni paytda AQSH futbol ligasida “Orlando” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Braziliyalik 32 yoshli futbolchi 5 uchrashuvda 2 gol urib, bir marta gol bilan tugagan to'p oshirishiga mualliflik qildi. “La Gazzetta dello Sport” nashriga bergan intervyusida u dastlabki taassurotlari haqida o'rtoqlashdi.

– Evropa futboli bilan o'rtadagi farqni his qildingizmi?
– Umuman olganda, haftada bitta o'yin bor. Bu erda o'yinga tayyorlanishga ko'proq vaqt ketadi. SHu sababli raqib jismoniy jihatdan hamisha 100 foiz tayyor bo'ladi. Ko'p bahslarda imkoniyatlar tenglashadi. O'ylashimcha, “MLS” bu borada yaxshi shakllangan.

– Debyut uchrashuvida 62 ming ishqiboz ko'z o'ngida gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?
– Braziliyada muhimroq o'yinlarga bundan kam muxlis keladi. Men yangi jamoada birinchi o'yinda shu paytgacha gol urmagandim. Bu juda ajoyib bo'ldi.

– Sizni bu erga kelishga Bekxem ko'ndirgani rostmi?
– “Milan”da birga o'ynashimizdan oldin Floridada u bilan turne davomida bir necha marta uchrashgandim. U hamisha “MLS” haqida yaxshi narsalarni gapirib bergan. CHempionat yaxshi ekanligi, bu erda zavq olish mumkinligini aytgan. Ha, uning fikrlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Agar u bo'lmaganda taklifni rad etishim mumkin edi.

– Bu erga kelishingiz haqida “Milan”dagi mavsum mobaynida gaplar eshitildi. Yakuniy qarorni qachon qabul qildingiz?
– CHempionat yakunida Gallianidan tezroq harakat qildim. U Braziliyaga mening qaytishimni muhokama qilish uchun uchib kelishi lozim edi. O'sha paytda “Orlando” bilan muzokara o'tkazdim va shartnoma imzoladim. Galliani bu haqida bilgan birinchi inson bo'ldi. Unga men uchun qilgan ishlari va yordami uchun minnatdorchilik bildiraman.

– Okean ortiga yo'l olishingizda jahon chempionatiga bormaganingiz ham tasirini ko'rsatdimi?
– Qaysidir manoda. Uydagi jahon chempionatida terma jamoaga qaytish uchun barcha ishni qildim. Meni olmasliklarini bilganimda jiddiy o'zgarishlar qilish lozimligini o'yladim.

– “Milan” raqobatbardosh bo'lganda Italiyada qolgan bo'larmidingiz?
– Aytish qiyin. Ajoyib damlarni o'tkazgan jamoada bir mavsum o'tkazish men uchun baxtga teng.

– 2003 va 2013 yilgi “Milan”ni solishtirib bersangiz.
– “Real”da 4 yilni o'tkazdim va “Milan”da boshqa futbolchilar o'ynayotgandi. Avvalgi tarkibdan Bonera va Abbyati qolgandi xolos. Indzagi hamisha yaqin bo'lgandi. Biroq kiyinish xonasida hammasi umuman boshqacha edi.

– Indzagi boshchiligida “Milan” o'yinini ko'rdingizmi?
– Ko'p emas. Natijalarni kuzataman, ular jamoada qiyin mavsum bo'layotganini bildirib turibdi. Lekin bu tomondan men optimistman. 2-3 yildan keyin barchasi joyiga tushadi. “Yuventus”dan o'rnak olish lozim.

– Indzagi singari murabbiylik faoliyatini boshlashni xohlarmidingiz?
– Hozir yo'q degan bo'lardim. Oradan 3-4 yil keyin fikrimni o'zgartirarman. Lekin bugun bunday holat yuz bermaydi. Futbolda qolishni rejalashtiryapman, ammo o'zimni Leonardo kabi boshqaruv rolida ko'rmoqchiman.

– “Real”da barchasi ko'rinish olinishini bilganingizda ham “Milan”dan ketgan bo'larmidingiz?
– Madriddagi yillar qiyin, lekin baxtli bo'ldi. Biz chempionat, kubok va superkubokda g'alaba qozondik. 4 mavsumda 29 to'p kiritdik. Bu yomon yakun bo'ldi deb o'ylamayman. “Real” safida o'ynash men uchun professional nuqtai-nazardan o'ta foydali chiqdi. Futbolchi sifatida o'sishga erishdim. Uni faoliyatimdagi eng muhim qadamlardan biri deb hisoblayman. Qarigan paytimda “Milan” va “Real”da o'ynaganim to'g'risida gapira olaman. Yomon emas, shundaymi?

– Hozir Italiya futboli pasayish davrini boshdan kechirmoqda. Bunda iqtisodiy inqiroz aybdormi?
– Ha. CHeklangan imkoniyat bilan PSJ, “CHelsi”, “Manchester Siti” va boshqa boy jamoalar bilan raqobat qilish qiyin. Italiya uchun hozir oson bo'lmagan davr. Lekin shu holat ham o'sishga olib keladi. “Yuventus” misolidan o'rnak olishga chaqiraman. Ular ajoyib natijalarni qayd etishmoqda. Ular navbatdagi chempionlikni taminlab bo'lishdi va CHempionlar ligasida yaxshi holatdalar. Turinda qanday ishlashayotganini diqqat bilan kuzatish lozim.

– Iqtisodiy holat hozirdagidek bo'lganda 2003 yil Italiyaga kelgan bo'larmidingiz?
– Men Italiyani tanlamadim, Italiya meni tanlagan. Bu darajada etganim uchun ushbu mamlakatga minnatdorchilik bildiraman. Hozir ham Italiya meni o'ziga tortadi. Hayot uslubi, odamlar, ishqibozlar tufayli bu erni yoqtiraman, faqat futbol uchun emas. Agar birorta yosh futbolchi mendan maslahat so'rasa, unga Italiyaga borishni tavsiya qilgan bo'lardim.

– Gallianiga kimni tavsiya qilasiz?
– Kevin Molino. U juda yaxshi hujumchi, Trinidad va Tobagodan. U katta imkoniyatga ega va foyda keltirishi mumkin.

– Siz Balotelli bilan birga o'ynagansiz. U boy berilgan iqtidormi yoki shunchaki imkoniyatlari yuqori baholab yuborilganmi?
– To'g'risi, uning “Liverpul”dagi faoliyatini kuzatib bormayapman. U bilan bir mavsum elkama-elka o'ynaganman va uning iqtidori yuqori bo'lganini bilaman. O'ylashimcha, u hamisha masuliyatni tushunavermaydi. Italiyada ham, Angliyada ham shunday bo'lgan. U bu jihatni to'g'ri baholay olmaydi.

– Dunga sizni Braziliya terma jamoasiga nomzod sifatida ko'ryaptimi?
– 2014 yil oxirida Argentina va Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdim. Boshqa chaqiruv olmadim. Dunga meni yaxshi biladi. Bu erda o'ynayotganim munosabatga tasir qilmaydi. Men kutaman. Agar barqaror yaxshi o'yin ko'rsatsam, u menga imkoniyat beradi.

– Jahon chempionatini muxlis kabi tomosha qildingiz. Germaniya bilan 1:7 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin qanday hislarda qoldingiz?
– Tuganmas afsus va asabiylikni his qildim. Barcha braziliyaliklar singari. Biz mo'jiza kutgandik, biroq bu sodir bo'lmadi. Bu Braziliya futboli tarixida og'ir vaziyat bo'ldi.

– “MLS”ga Xaver Ernandes va Zlatan Ibragimovich kelishi haqida gapirishmoqda. Bunda sizning hissangiz bormi?
– Qisman, ha. Bu erga kelayotganimda futbolni yanada rivojlantirish to'g'risida o'ylagandim. Bekxem boshladi, Anri davom ettirdi. Hozir Vilya bor, Jerrard, Lempard keladi. Jovinko shu erda o'ynayapti. Ular Evropada ham xotirjam o'yin ko'rsatishlari mumkin. Amerikada yaxshi to'lashadimi? Ha, lekin eng muhimi bu erda juda yaxshi yashashadi.

– Ronaldu va Messidan boshqa kimni etirof etasiz?
– Neymarni. U bilan terma jamoada birga o'ynaganman va nimalarga qodirligini bilaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика