Kafu: "Vinisius Junior Krishtianu emas"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2019, 11:10
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kafu "Real"ning 18 yoshli futbolchisi Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.

"Vinisiusning o'yini meni hayratga solmayapti, chunki uning potenciali haqida bilardik. U Krishtianu Ronaldu emas, ularning orasida katta farqa bor, Ronaldu "Real" va Portugaliya tarixiga kirdi. Biroq Vinisius "Real"da o'z hikoyasini yozishi uchun futbolchida hamma narsa bor.

Buyuk futbolchilar doimo kutilganidan ko'prog'ini ko'rsatishi kerak. Ammo braziliyaliklar "Real" kabi klublarda mas'uliyatni o'z bo'yniga olishga o'rganib qolishgan" - deydi Kafu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca