So’nggi yangiliklar

11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  0 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  3 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  7 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  5 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  2 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  2 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  8 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  13 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  10 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   15 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2

“K-Liga” va PFL o'rtasidagi tafovutning bir qismi haqida VIDEO Yangiliklar

“K-Liga” va PFL o'rtasidagi tafovutning bir qismi haqida VIDEO

Kundalikda yozib o'tganimdek, Oybek Kasimov bilan "K-Liga"ning qiziqarli o'yinlaridan biriga tashrif buyurdik.
Avvallari Jeparov, Kapadze va Geynrix kabi futbolchilarimizning "K-Liga"ga o'tishida munosib o'rin tutgan Oybek akani mahalliy agentlar juda yaxshi tanishar ekan. Aslida bu o'yinga kirish uchun Alisher aka Nikimbaevdan yordam so'ragandim. U kishi OFKning sobiq matbuot kotibi Stiv Kimga murojaat qilgan. Stiv ikkimiz tanishmiz. Ko'plab musobaqalarda bosh-qosh bo'ladigan, o'z ishining ustalaridan biri hisoblanadi. Afsuski, hozir u boshqa departamentga o'tib ketgan. Stiv "K-Liga" matbuot kotibiga mening tashrifim haqida aytgan ekan, ular esa o'z navbatida men bilan bog'lanishdi. Bu erda Jeparovga tashrifim haqida aytib, yordam berishini so'ragan edim. Xullas ikki tomon menga o'z yordamini ayamadi va men o'yinga tashrif buyurdim.



Birinchi o'rinda media tribunaga ahamiyat qaratdim. Bejizga Janubiy Koreya turli-tuman musobaqalarga mezbonlik qilish uchun ariza bermaydi. Ularda barcha struktura mukammal tarzda yo'lga qo'yilgan. OFK reytingida, Koreya doim Yaponiyadan keyingi o'rinlarda turadi. O'ylab qoldim, Koreyada shunday bo'lsa, Yaponiyada qanday ekan? Bir imkon bo'lsa kun chiqar yurtga ham borib kelish kerak. Media tribuna xalqaro musobaqalar kabi ikki xildagi xizmatni taklif etadi. Istang, faqat yozib o'tiring, o'yinni tahlil qilish uchun. Istang, har bir stolda TV o'rnatilgan, o'sha erga joylashing. O'yinni sharxlayotgan ikki nafar sharhlovchi sal pastroqda o'z ishini bajaryapti. Ko'plab davlatlarda shunday holatni kuzataman, balki bu sharhlovchini yanada erkinroq va o'yinga kirib ketishini taminlar.



O'zingiz uchun bilib qo'ying, Koreyada futbol birinchi raqamli sport turi emas. SHuning uchun ommaviyligi biroz past. Bu erda beysbol o'rtasida bo'lib o'tadigan chempionatlarga juda ko'plab muxlislar tashrif buyuradi. Garchand, futbol birinchi raqamli sport turi bo'lmasa-da, unga bo'lgan etibor beysbolnikidan kam emas. Nafaqat bu ikki sport, balki basketbol, voleybol, gandbol, umuman jamoaviy o'yinlar bor-ki, hammasida sharoit bir xil.



Turnir jadvalidan kelib chiqib yozsam, "Jeju YU"da uchinchi o'rinni olish uchun imkoniyat mavjud. Bu o'rin OCHLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beradi. "Seongnam" esa kuchlilar safida qolish uchun kurashyapti. O'z tarixiga ega bo'lgan jamoaning himoyasida katta muammo bor ekan. SHu bois bo'lsa kerak, jamoa ko'plab gollarni o'tkazib yuboryapti.



Ochilish marosimi haqida yozganimda, muxlislar uchun yaratilgan sharoit haqida aytib o'tgandim. Bu oddiy tur o'yini bo'lsa-da, undan kam emasdi. Boisi bu erda futbol beysbolning asosiy raqobatchisi, muxlislarni jalb qilish uchun ham ularga katta etibor qaratiladi. Masalan, birinchi bo'lim yakuniga etganidan keyin, muxlislarga koreyscha shirinliklar bepul taqdim etildi. O'yin oldidan jamoa timsolini kiyib olgan maskotlar, muxlislar bilan turli ko'ngilochar tadbirlarni o'tkazishdi. Buni futbolga katta foydasi borligi haqida, Turkiyada bo'lib o'tgan JCHda yaponiyalik hamkasbim aytib bergan edi.

Endi bevosita o'yinga to'xtalsam. Bu erda favorit va autsayder faqat turnir jadvalida. Amalda esa barcha jamoalarning kuchi teng. Siz bir mavsum ichida “So'g'diyona” o'z maydonida “Nasaf” yoki “Bunyodkor”dan ochko olishiga ishonasizmi? Yo'q albatta, bunga ishonish shart emas, amalda ko'ryapmiz. Xuddi Xitoy chempionatida bo'lgani kabi, Koreyada ham jamoalarning saviyasi bir xil. Yaponiyada ham istalgan paytda birinchi ligadan chiqqan jamoa chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin. Turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turgan “Suvong” sal avval “Seongnam”da muhim ochkoni yo'qotgan edi. Bugun esa “Jeju YU” 2 ochkodan mahrum bo'ldi.



Endi bevosita Jeparov va uning jamoasining o'yini haqida to'xtalsam. Nima uchun Koreya terma jamoasining o'yinida pasayish kuzatilayotganini endi tushungandekman. Jeparov kechagi o'yinda yaqqol ajralib turdi. Paslari va hujum qilishlari bilan legioner ekanligi bilindi. Koreyslarning o'zida esa o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchini ko'rmadim. Ikki jamoada ham yo'q edi. Ularning bugungi kundagi asosiy muammosi himoya chizig'i ekanligi yaqqol ko'zga tashlandi. Sal texnikan bo'lsa, 3 nafargacha futbolchini bemalol aldab kira olasiz. Birinchi bo'limda “Seongnam” tashabbusni o'z qo'liga oldi. Jeparovning o'zi ikki marta hujumchilarga yaxshi pas berdi. Bo'lim yakuniga etgach, futbol targ'ibotiga qaratilgan akademiya tarbiyalanuvchilari o'rtasida ko'rgazmali o'yin tashkil etildi. Maydon markaziga, siz suratda ko'rib turganingizdek, kichik darvozalar olib chiqildi va 7-8 yoshdagi bolalar futbol o'ynashdi. Bu ham targ'ibotning bir turi.

Ikkinchi bo'limning boshidayoq “Seongnam” futbolchisiga nisbatan mehmonlar himoyachisi qo'pol harakatda bo'ldi va bosh hakam penalti belgiladi. 11 metrlik jarima nuqtasi oldiga Server Jeparov keldi va zarbani bexato amalga oshirib jamoasini oldinga olib chiqdi. Afsuski, shundan keyin “Seongnam” to'liqligicha himoyaga yotib oldi. Himoyada yotgan jamoa, agar himoyachilari saviyali bo'lmasa, baribir gol o'tkazishi tayin. SHunday bo'ldi ham. Hakam o'yinga 6 daqiqa qo'shib berdi, 90+1– daqiqada esa ”Seongnam" darvozaboni to'pga chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, bu erda esa himoyachi yo'q joydan raqibga penalti sovg'a qildi, 1:1.



SHundan so'ng mezbonlar yana hujumga o'tishdi. Qolgan 4 daqiqada 3ta xafvli hujum amalga oshirildi. Bitta vaziyatda koreys futbolchisi 2 nafar futbolchini aldab, Jeparovga pas berishda xatolikka yo'l qo'ydi. Pas biroz qattiqroq bo'lganida, to'p Jeparovga kelib tushardi. SHu tariqa o'yin yakuniga etdi.

Tabiiyki ikki jamoa ham natijadan qoniqmadi. Menga manzur kelgani, bahs yakuniga etganidan keyin “Seongnam”ning barcha futbolchilar bir bo'lib, maydon atrofining tashqarisidan aylanib, stadionga yig'ilgan muxlislarga tashakkur izhor qilib chiqdilar. Bizda yutqazib qo'ysak, qovoq-tumshuq qilib, darhol echinish xonasiga kirib ketamiz. O'rgan, student!

Bahs yakuniga etganidan keyin Jeparovning o'yinga oid fikrlari bilan qiziqdim. SHu bilan birga u O'zbekiston – Afg'oniston uchrashuviga kelishini aytib o'tar ekan, terma jamoaga saytimiz orqali omad tiladi. 

sifatli turi

mobil turi

Nodirxo'ja Yuldashev.
Janubiy Koreya, Seongnam.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика