Jyul Kunde: "Hech qachon "Barselona"dan ketishni so'ramaganman. Men klubda qolaman"
25 may 2023 22:05
Yangiliklar


Jyul Kunde: "Hech qachon "Barselona"dan ketishni so'ramaganman. Men klubda qolaman"
Futbolchi mish-mishlarga javob qaytardi.
"Barselona" klubi himoyachisi Jyul Kunde o'zi haqidagi mish-mishlarga uzil-kesil javob qaytardi. Futbolchining jamoani tark etishi haqidagi xabarlar so'nggi kunlarda ko'payib qolgandi.
"Bu masalani 100% aniqlashtirish uchun shuni aytmoqchimanki, men hech qachon "Barselona"dan ketishni so'ramaganman. Men klubda qolaman. Hech qaerga ketmayman", -deydi Jyul Kunde.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar