Jurnalistlar turnirida MTRK g'olib bo'ldi
08 dek 2018 09:20
Yangiliklar
Jurnalistlar turnirida MTRK g'olib bo'ldi
O'zbekiston futbol associaciyasining suniy maydonida 1-5 dekabr kunlari bo'lib o'tgan bahslarda jami 24 ta jamoa ishtirok etdi.
Dastlab jamoalar 6 ta guruhga bo'lingan bahslarni o'tkazdi. Guruh g'oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan ikkita ikkinchi o'rin sohiblari, jami 8 jamoa chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
CHorak va yarim finaldan keyin turnirning bosh sovriniga davogarlik qilgan jamoalar nomi malum bo'ldi.
Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda «SHarq» nashriyoti va «Xalq so'zi» gazetasi tahririyati vakillari maydonga tushishdi. Murosasiz bahsda gazetachilar g'alaba qozondi.
«Xalq so'zi» — «SHarq» — 2:0

Musobaqaning finalida O'zbekiton Milliy teleradiokompaniyasining «MTRK» hamda «Zoʻr TV» jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda «MTRK» jamoasi 2:0 hisobida ustun keldi.
«MTRK» – «Zoʻr TV» – 2:0
Musobaqaning taqdirlash marosimida O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o'rinbosari O'ktam Hamroev va O'zbekiston futbol associaciyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev sovrindor jamoalarga oltin, kumush va bronza medallari, diplom va sovg'alarni topshirishdi. SHuningdek, g'olib jamoaga o'n million so'm, sovrindorlarga esa sakkiz va olti million so'mdan pul mukofotlari berildi. Musobaqa kubogini «MTRK» jamoasi qabul qilib oldi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar