So’nggi yangiliklar

15:03"Атлетико" тўрт ўйинчи билан хайрлашганини эълон қилди  0 14:34Де ла Фуэнте Мамардашвилининг Хвичани бутун Испания терма жамоасидан яхшироқ деган фикрига муносабат билдирди  1 14:06Испания – Европа чемпиони титулини ҳимоя қилган ягона терма жамоа  2 13:37Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда  3 13:03Хесус Вальехо "Реал"га қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди  7 12:37"Арсенал" собиқ ўйинчиси Силва клуб нега АПЛ чемпиони бўла олмаслигини айтди  2 12:12"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими?  1 11:44ПСЖ Испания терма жамоаси футболчисини сотиши мумкин, Энрике бунга қарши  3 11:21Николич Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги позицияни маълум қилди  9 10:58«Манчестер Юнайтед» Маттейс Де Лигт билан музокараларни бошлади  2 10:31FourFourTwo. Испания тарихидаги энг яхши ҳимоячилар рейтинги тузиб чиқилди  16 10:06Спаллетти: «Италиянинг «Евро»дан чиқиб кетиши одамлар гапираётгандек жуда ваҳимали ҳолат эмас»  15 09:50Копа Америка. Аргентина - Перу 2:0, Мартинесдан дубль, Ди Мариядан ассист  1 09:41«Арсенал» «Барселона» ҳимоячиси бўйича расмий таклиф билан чиқди  2 09:14Дания терма жамоаси устози: «Аҳмоқона қарорлардан чарчадим»  21

Jud Bellingem: endi qaerga? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Jud Bellingem: endi qaerga? (mutolaa uchun)

Evropa futboli yulduzi uchun yangi klub tanlaymiz.

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem o'tgan mavsumdan beri ko'plab klublarning transfer maqsadi hisoblanadi. 19 yoshli xavbekka qiziqish o'tgan yozda oshdi. "Arilar" yosh angliyalik futbolchini o'z tarkibida ushlab qoldi, ammo buni kelasi yilda amalga oshirish qiyin bo'ladi. O'yinchiga talab oshdi, uning o'zi ham mavsumlar oralig'ida klubini o'zgartirish variantini ko'rmoqda.


Xabarlarga ko'ra, "Borussiya" Bellingemni 120-150 mln evroga baholamoqda. "Arilar"ning futbolchiga narx qo'yishmagani, ammo buni JCHdan so'ng qilishlari haqida ham malumot bor. Nima bo'lganda ham, xavbekning mavsum so'nggida nemis klubidan ketish imkoniyati yuqori. O'yinchiga 5ta jiddiy davogar bor. Endi ularning har biri haqida gaplashamiz.


"Real"


"Real" — bu ro'yxatdan Angliya Premer-ligasidan bo'lmagan yagona klub hisoblanadi. SHu bilan birga, "qaymoqranglilar" o'yinchi uchun kurashda APLdagi davogarlaridan ustun kelishmoqda. "Blankos"ning 2019 yildan beri bir necha bor futbolchi bilan bog'langani malum. SHunday xabarlar borki, xavbek Madriddan bo'lgan tavsiya sabab "Borussiya" bilan shartnomasini uzaytirmagan. Tomonlar hamkorlikda manfaatdor. Balki, bu keyingi yozda amalga oshar.


"Real" Bellingemni Luka Modrich yoki Toni Kroosga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Qaymoqranglilar"da Eduardo Kamavinga va MYUga ketgan Kazemironi muvaffaqiyatli tarzda to'ldirayotgan Orelen CHuameni bor. Markaziy yarim himoyachilardan yana Federiko Valverde ham bor, ammo u istalgan joyda o'ynashi mumkin, shuningdek Madridda ishonch bildirilmayotgan Dani Sebalos ham xavbeklar ro'yxatida bor.


Kroos hozirdanoq faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda, ha, 37 yoshli Modrich ham asta-sekin shunga qarab kelmoqda. CHuameni, Kamavinga va Bellingemning yarim himoyadagi uchligi yomon ko'rinmayapti. Bu "Real"ning ehtimoliy yana yarim himoyachilar avlodi, ammo angliyalik o'yin amaliyotini kutishiga to'g'ri keladi.



"Liverpul"


"Liverpul"ning markaziy yarim himoyaga o'yinchi izlayotgani sir emas. Buni "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp tasdiqladi. Mersisaydliklarda Tyago Alkantara, Jordan Xenderson va Jeyms Milner bor. Ammo, ularning umumiy yoshi deyarli 100.


Yana Aleks Oksleyd-CHemberlen va Nabi Keyta bor, ammo ular hali barqaror emas, shu sabab kam o'ynashmoqda. Hech kim hozirgi vaziyatda bor umidni Kertis Jonsga bera olmaydi. "Liverpul" tarbiyalanuvchisi joriy mavsum umuman maydonga tushmadi.


OAVning xabariga ko'ra, Bellingem "qizillar"ning yozdagi bosh transfer maqsadi. "Liverpul"ning o'rta chiziqdagi kadrlar bilan bog'liq muammosini hisobga olsa, bunga osongina ishonish mumkin. Futbolchi uchun bu yaxshi variant bo'lardi. Yosh xavbek katta ehtimol bilan tezda mersisaydliklarning asosiy tarkib o'yinchisi bo'ladi. Ammo, bir jihat bor: "qizillar" o'yinchi uchun kamida 100 mln evro to'lay olishadimi yoki xohlashadimi? "Borussiya" undan kamiga rozi bo'lmaydi.



"Manchester Yunayted"


MYU butun yozni "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan shartnoma imzolashga urinish bilan sarflab yubordi. Ko'plab gaplar bo'ldi, ammo transfer baribir amalga oshmadi. Manchesterliklarning niderlandiyalik transferi masalasiga yana qaytishlari qiyin masala. Manchesterning qizil tarafida klubning yangi maqsadi Bellingem bo'ldi.


MYUda markaziy yarim himoyachilardan Fred va Donni van de Bek bor. Ammo, braziliyalik Erik ten Xag qo'l ostida rotaciya o'yinchisiga aylandi, niderlandiyalik esa zaxira o'rindig'ida qolishda davom etmoqda. "Yunayted"ning "Borussiya"ga Jud uchun kerakli pulni to'lashiga shubha yo'q, ammo ushbu transfer o'yinchining o'ziga kerakmi? Manchesterliklar uchun vaziyat asta-sekin yaxshilanmoqda, ular sovringacha hali juda uzoqlar.


"Yunayted" bosh murabbiyining u yoki bu o'yinchini olish xohishi futbolchiga o'yin amaliyotini kafolatlamaydi. Ko'p odamlar Kazemiro MYUga o'tganidan so'ng zaxira o'rindig'ida o'tirishini taxmin qilishmagan. Mutaxassis Skott Maktomineyni afzal ko'rmoqda, tajribali braziliyalik esa rotaciya o'yinchisiga aylandi. Huddi shu narsa Bellingemning boshiga tushishi mumkinmi? Albatta. MYUga o'tish hozircha tavakkal.



"Manchester Siti"


"Manchester Siti"ning transferlar uchun katta pul to'lashi hech kimga sir emas. SHuningdek "shaharliklar"ning ko'plab sifatli o'yinchilarni kuzatishi barchaga malum. Bellingem ham Angliya chempionlari qiziqishlari doirasiga kiradi. Mish-mishlarga ko'ra, Xoland sobiq jamoadoshini Manchesterga chorlamoqda. Futbolchilar "Borussiya"da birga o'ynashgan va katta ehtimol bilan hali ham aloqadalar. Ular qayta birlashishi mumkin.


Bellingemda "Manchester Siti"da malum bir imkoniyatlar bor. "SHaharliklar"da markaziy yarim himoyachilardan shartnomasi yakunlanayotgan Ilkay Gyundogan bor. Aslida "Manchester Siti"ning bu poziciyasida Fil Foden ham sanaladi, ammo u ko'proq hujumga yaqin o'ynaydi. Bellingem tez orada Gyundoganni "Etixad"da almashtirishi mumkin. Bu uning uchun yaxshi variant bo'lardi. Xosep Gvardiolaning har qanday jamoasi — sovrinlar yutadigan mashina.



"CHelsi"


Bir qarashda, "CHelsi"da maydon markazida o'ynashga qodir bo'lgan futbolchilar etarlicha. Bu Mateo Kovachich, Karni CHukvuemeka, Ruben Loftus-CHik va Konnor Gallaxer. SHuningdek ko'proq tayanch zonasida o'ynaydigan Ngolo Kante va Jorjino ham bor. Ammo, "ko'klar" hozir porlayotgan o'yinchilarni olishga harakat qilishgan. Bu borada ularda yangi rahbarlar kelganda ham o'zgarish bo'lmadi. Rahbariyat jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Grem Potterga tarkibni kuchaytirish uchun katta pullar berishga tayyor.


"CHelsi"da katta transfer rejalari bor. Londonliklar kelasi yozda Bellingem va Deklan Raysni olishni xohlashmoqda. Angliya terma jamoasi o'yinchilari "ko'klar" uchun yaxshi kuchayish bo'lar edi. Boshqa tarafdan, "aristokratlar"da hozirda ayrim narsalar noaniq. Hech kim "CHelsi"dan yangi xo'jayinlar bilan, bundan tashqari yangi murabbiydan nima kutishni bilmaydi. London klubi hozirda Bellingem uchun yaxshi eng yaxshi variant emas. Ammo, mavsum so'nggida ko'p narsa o'zgarishi mumkin.




Alisher Ostonov

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика