Joze Mourinyu: “Yana ikkita tur bo'lganida, “Tottenhem” kuchli to'rtlikka kirgan bo'lardi”
26 iyu 2020 07:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583240_original.jpg)
![](/upload/storage/583240_220.jpg)
Joze Mourinyu: “Yana ikkita tur bo'lganida, “Tottenhem” kuchli to'rtlikka kirgan bo'lardi”
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourinyu APL 38-turida “Kristal Pelas”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“So'nggi tur bahsini men final o'yiniga tenglashtirgan bo'lardim. CHunki bu o'yin bizga evrokuboklar uchun yo'llanmani taqdim etishi mumkin. SHu sabab bu katta o'yin, katta final maqomiga ega biz uchun. Bor etiborimizni mazkur bellashuvga qaratamiz.
Umumiy qilib gapiradigan bo'lsam, ayni paytda oldimizda “Peelas”dan tashqari ikkita tur o'yinlari bo'lganidami... Jamoam ajoyib sport formasida, biz kuchlimiz, safimizda jarohatlanganlar yo'q”, deydi Mourinyu.
So'nggi tur oldidan londonlik futbolchilari turnir jadvalida 7-pog'onani band etishgan. Oxirga beshta turda portugaliya murabbiyning shogirdlari 13 ochko to'plashga erishishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar