Joze Mourinyu nima sababdan Turkiyada ishlashga rozi bo'lganini tushuntirib berdi
09 iyu 2024 10:50
Yangiliklar
Joze Mourinyu nima sababdan Turkiyada ishlashga rozi bo'lganini tushuntirib berdi
Fenerbaxche ustozi Joze Mourinyu nima sababdan Istanbul jamoasini boshqarishga rozi bo'lganini malum qildi.
«Yana chempionlik uchun kurashish imkoniyati bo'lgani sababli ushbu jamoani boshqarishga rozi bo'ldim. «Roma»da bunday imkon yo'q edi. Ular bilan A Seriya g'olibligi uchun kurashib bo'lmasdi. «Roma»ni tark etganimdan keyin u erda hech narsa o'zgarmadi. «Roma»da biz Evrokuboklarda nisbiy muvaffaqiyatga erishdik, ammo chempionlik uchun kurasha olmadik.
«Fenerbaxche» bilan Evrokuboklarda qandaydir natija qayd etish qiyindir, biroq mamlakat chempionligini qo'lga kiritish uchun kurashsa bo'ladi. Turkiyada ham chempionlik uchun kurashadigan bir nechta kuchli jamoalar bor, bu esa menga ko'proq motivaciya beradi», — dedi portugaliyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar