Joze Mourinyoning yangi ish joyi ma'lum

Alisher
10 avg 2019, 15:32
Taniqli mutaxassis Joze Mourinyoning yangi ish joyi ma'lum bo'ldi.

"Manchester Yunayted" hamda "Chelsi" klublari sobiq ustozi Sky Sports telekanalida ekspertlik rolini bajaradi.

"Yangi mavsum. Yangi shartnoma. Premer Liganing 3 karra g'olibi Sky Sports jamoasiga qo'shildi", - deyiladi xabarda.

56 yoshli portugaliyalikning oxirgi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lgan edi.

Joze MYUdan tashqari "Benfika", "Unian Leyriya", "Portu", "Chelsi", "Inter" va "Real" kabi klublarda ham ishlagan.

Mutaxassis oldinroq "Valensiya"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar yangragan edi.

Mourinyu sabab "Chelsi"dan ketgan 10 yulduz

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SkySports