Joze Mourinyo: "MYUga kelganimga 4 oy bo'ldi. Venger 14 yil ichida chempion jamoa tuza olmadi"

Aslanov Jasurbek
22 noya 2016, 14:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Arsenal"ga qarshi bahsdan (1:1) so'ng, londonliklar ustozi Arsen Vengerni tanqid qildi.

"Arsenal" murabbiyi 14 yildan beri Angliya chempioni bo'la olmayapti. Men esa 18 oy. U 14 yil ichida chempion bo'ladigan jamoa tuza olmadi.

Bu erga kelganimga endi 4 oy bo'ldi. Boshqalardan emas, faqat mendan talab qilishmoqda. Bu faoliyatim tufayli bo'lsa kerak, chunki men ishlagan klublar tezda muvaffaqiyatga erishardi.

APL - juda qiyin turnir. Bu yerda ajoyib murabbiy va futbolchilar bor.

Hozir "Manchester Yunayted" barqarorlik muhim bo'lgan davrni boshidan o'tkazyapti. Ammo matbuot buni yaxshi tushunmayapti" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN Brasil