Joze Mourino: "Millatlar Ligasi favoriti kim? Portugaliyaga tikaman"
04 iyu 2019 10:50
Yangiliklar


Joze Mourino: "Millatlar Ligasi favoriti kim? Portugaliyaga tikaman"
"Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi Joze Mourino Millatlar Ligasi final bosqichining favoriti deb o'z yurti jamoasini tilga oldi.
- Gollandiya yangi, istedodli jamoa qurmoqda, SHveycariyada esa so'nggi 10 yil mobaynida Evropa va jahon darajasidagi jamoa bor. Angliyada yangi futbolchilar avlodi ulg'aydi. Ularning tarkibi Rossiyadagi mundialdagidan uncha ham o'zgarmagan. Kim favorit? Portugaliya - amaldagi Evropa chempioni, qo'shimcha tarzda ular ikki o'yinni ham o'z maydonlarida o'tkazadilar. Agar kimgadir ishonishim va tikishim kerak bo'lsa, Fernandu Santush jamoasiga tikar edim. Ammo Gollandiya terma jamoasida van Deyk va de Ligtlar bor va ular atrofida o'yin qurilishi mumkin, - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar