Joze Mourino: "Kloppdan farqli ravishda, men maydon chetiga shug'ullantirish uchun chiqaman"
17 okt 2016 11:05
Yangiliklar


Joze Mourino: "Kloppdan farqli ravishda, men maydon chetiga shug'ullantirish uchun chiqaman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa ustozi Yurgen Kloppning harakatlari haqida fikr bildirdi.
"Men maydon chetiga qo'llarimni silkitish uchun emas, shug'ullantirish uchun chiqaman" - deydi Mourino.
Bu Mourino va Klopp jamoalari o'rtasidagi to'rtinchi bahs bo'ladi. 2012/13 mavsumdagi CHempionlar ligasi yarim finalida Dortmundning "Borussiya"si ikki uchrashuv natijasiga ko'ra Joze boshqargan "Real"ni mag'lub etgan. O'tgan mavsumda Klopp qo'l ostidagi "Liverpul" "CHelsi"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar