“Yovil” - “Blekpul”. Mehmonlar 5 daqiqa ichida uchta qizil kartochka ishlab olishdi
04 dek 2013 10:28
Yangiliklar


“Yovil” - “Blekpul”. Mehmonlar 5 daqiqa ichida uchta qizil kartochka ishlab olishdi
CHempionshipning 18-turi doirasida “Yovil” klubi “Blekpul”ni qabul qildi va o'yin davomida 5 daqiqa ichida mehmonlarga uchta qizil kartochka ko'rsatdi.
O'yin oxiriga kelib, autsayderdan hisobda ortda borayotgan “Blekpul” vakillari qizishib ketishdi va 90-daqiqada Kirk Broudfut ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi. Oradan ikki daqiqa o'tib, o'yinda janjal ko'targani sababli Rikardo Fuller to'g'ridan-to'g'ri qizil olgan bo'lsa, 5-qo'shib berilgan daqiqada Gari MakKenzi qo'pollik ishlatgani uchun hakamdan ikkinchi sariq kartochkani oldi.
O'yinda umumiy hisobda 29 ta qo'pollik ishlatildi. Ularning 6 tasi siriq kartochka va 3 tasi qizil kartochga bilan jazolandi.

Fikrlar