Jota jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2021, 21:17
"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota Portugaliya terma jamoasi qarorgohida mushaklaridan jarohat oldi.

Shu sababli u Portugaliya terma jamoasining 9 oktyabr kuni bo'lib o'tgan Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (3:0) hamda jamoasining 11 oktyabrdagi mashg'ulotlarda qatnashmadi. Lyuksemburg bilan saralash uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi A Bola.

12 oktyabr, seshanba kuni bo'lib o'tadigan Lyuksemburgga qarshi o'yinda forvardning ishtirok etishi shubha ostida turibdi. Eslatib o'tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23.45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola