Jorjino Manchesterga ketmaydi. "Napoli" prezidenti buning sababini aytdi
02 iyu 2018 15:14
Yangiliklar


Jorjino Manchesterga ketmaydi. "Napoli" prezidenti buning sababini aytdi
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Jorjinoning transferi borasida gapirdi.
"Men "Manchester Siti"ning Jorjino borasidagi barcha takliflarini rad etdim. U "Napoli" bilan chempion bo'lishi kerak. Gamshik? Agarda u Xitoyga ketishni istasa, biz uni ushlab qolish uchun harakat qilamiz.
Karlo Anchelotti - "Napoli" yanada kuchliroq qila oladigan mutaxassis. U tarkibning 80 foizini olib qolib, jamoani yanada yuqori darajaga olib chiqadi.
Bizning transfer maqsadimiz - darvozabon, qanot himoyachisi, markaziy yarim himoyachi va vinger", - dedi prezident.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar