Jorjina: "Avvaliga Ronaldu bilan shug'ullanishdan uyalardim"
12 iyu 2020 23:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/573598_original.jpg)
![](/upload/storage/573598_220.jpg)
Jorjina: "Avvaliga Ronaldu bilan shug'ullanishdan uyalardim"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning turmush o'rtog'i Jorjina Rodriges karantin paytida portugaliyalik yulduz bilan birga mashq qilishdan uyalganini tan oldi. Ammo qo'shimcha qilishicha, endi Krishtianu uning ilhom manbayiga aylangan.
Eslatib o'tamiz, ushbu juftlik Madeyrada o'tgan 2 oylik karantindan keyin Turinga qaytgandi.
"Dastlab, Krishtianu bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazishga uyaldim. Tasavvur qiling, siz Ronalduning oldida mashq qilishingiz kerak. Avvalari u klubda bo'lgan payti uyda mashq qilardim. Ronaldu uyga qaytgach ko'proq vaqtimizni birga, bolalar bilan o'tkazishga harakat qilardik.
Keyin mendagi uyat tuyg'usi yo'qoldi. Hozir u bilan birga shug'ullanishni yoqtiraman. Krishtianu mening ilhom manbayimga aylanadi", - dedi Jorjina.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar