Jorje Mendesh: "Ronaldu Pelening rekordini yangilaydi"
16 okt 2019 19:50
Yangiliklar
Jorje Mendesh: "Ronaldu Pelening rekordini yangilaydi"
Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozi Pelening rekordini buzishiga ishonmoqda.
"Uning statistikasi aldamchi emas va Krishtianu rekordlarni qay tarzda urayotgani aniq va ravshan ko'rsatilgan. Bu natija uni futbol tarixida eng yaxshi o'yinchi bo'lishiga zamin yaratadi. Ronalduning klub va Portugaliya termasidagi yutuqlari qolganlardan sezilarli ajratib turadi.
Fakt shuki, Ronaldu terma jamoasi bilan 3 ta finallarda o'ynab, ikkitasida g'alaba qozongan. SHuningdek, Ronaldu 700-golini urishga ham erishdi. Men u Pelening rekordini yangilashiga va fuibol tarixida eng yaxshi to'purar bo'lishiga shubha qilmayman. Krishtianu bu ishni "Yuventus" safida bajaradi.
Xullas, 68 ta gol - buyuk Krishtianu uchun ko'p emas, shunday emasmi? Yana uning eng yaxshi o'yinlari oldinda ekaniga ishonchim komil", – deydi Mendesh.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar