So’nggi yangiliklar

20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:15Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  27 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   1 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  84 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  1 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  18 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  2 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  16 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  54 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Jorje Jezush: "Navbahor" keyingi bosqichga chiqishga loyiq jamoa ekanligini isbotladi" Yangiliklar

Jorje Jezush: "Navbahor" keyingi bosqichga chiqishga loyiq jamoa ekanligini isbotladi"

Osiyo chempionlar ligasi 5-turida "Navbahor" - "Al Hilol" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jorje Jezush va futbolchi Sergey Milinkovich-Savich matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Yaxshi o'yin o'tkazdik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi bosqichga chiqdik va bor etiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz.

- "Navbahor" jamoasi jamoangizga qarshi kechgan ikki uchrashuvda ham raqib zich himoyalandi. "Navbahor"ning himoyasini yorib o'tish qanchalik qiyin bo'ldi?

Sergey Milinkovich-Savich: - Murabbiyning barcha ko'rsatmalarini bajardik va qoniqarli natijaga erishdik. O'yin avvalida raqib bizni qiynab qo'ydi, ammo gol urib olganimizdan so'ng o'yin ancha hujumkor tus oldi. "Navbahor" jamoasi ikki uchrashuvda ham ancha tartibli o'yin namoyish etdi.

- Namangan shahri haqida nima deya olasiz? Jamoa haqida ham fikringizni bildirib o'tsangiz?

- SHaharni aylanishga deyarli vaqt bo'lmadi, sababi biz faqatgina ikki kun shu erda bo'ldik va mehmonxonadan chiqmadik. "Navbahor" jamoasi esa ancha yaxshi jamoa ekan.

- "Navbahor"ga qarshi kechgan birinchi uchrashuvdan so'ng jamoani yaxshi o'rganib chiqqaningiz sezildi. Birinchi uchrashuvdan qanday xulosalar chiqardingiz?

- Ha, birinchi uchrashuv biz uchun qiyin o'tgandi. Qarshi hujumlarga etibor qaratdik. Futbolchilarning maydondagi harakatlari va to'p bilan muomalani kuchaytirishimiz kerak edi.

- O'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan uchta jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Sizning fikringizcha "Navbahor" keyingi bosqichga chiqishga loyiqmi?

- "Navbahor"ning yana bitta uchrashuvi bor. Fikrimcha "Navbahor" jamoasi keyingi bosqichga chiqishga loyiq.

- Qura tashlanganidan so'ng "Al Hilol"ga ancha oson raqiblar tushgandi. Ushbu guruhda "Al Hilol"dan tashqari barcha jamoalar OCHLda debyut qilishdi. "Navbahor" jamoasi "Al Hilol"ga katta muammo bo'la olishini kutganmidingiz?

- "Navbahor" 16ta eng kuchli jamoa orasida bo'lishi kerak. Jamoangiz bizni hayron qoldirdi va ular ushbu musobaqada "syurpriz" bo'la oladi.

- "Navbahor" tarkibidagi qaysi futbolchi sizda yaxshi taassurot qoldirdi?

- Men aynan qaysidir futbolchini ko'rsatib o'tolmayman. Lekin "Navbahor" jamoa sifatida juda yaxshi shakllangan. "Navbahor" jamoasi haqida faqatgina yaxshi fikrlar ayta olaman.

- Salim Al-Davsari jamoadan asosiy penaltichimi? U bugun ikkita penaltidan foydalana olmadi.

- Bugun ikkita penaltidan birini golga aylantira oldik va eng muhimi shu.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика