So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  2 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Joriy mavsum Superliga va kubok bahslarida yangi to'pdan foydalaniladi Yangiliklar

Joriy mavsum Superliga va kubok bahslarida yangi to'pdan foydalaniladi

Teglar :  PumaAdidasO'zPFL
O'tgan mavsum milliy chempionat o'yinlarida foydalanilgan Puma to'plari ko'pchilikda turli etirozlarni keltirib chiqargandi.

Biz bu borada o'sha pallada yani mavsum boshida o'ziga hos so'rovnoma o'tkazganimizda ham aksariyat futbolchilar Puma to'plari haqida tanqidiy fikr bildirgan edi. 

Superliganing yangi Puma to'pi haqida futbolchilar qanday fikrda?

Foto: O'tgan mavsumda foydalanilgan Puma to'pi.

Natijada O'zPFL ushbu masalani ham ko'rib chiqdi va yakuniy qarorga keldi. Joriy yildan etiboran milliy chempionat va kubok bahslarida Adidas brendidagi to'plardan foydalaniladi. Superligaga qura tashlash marosimida ham bunga guvoh bo'ldik. 

Xo'sh, bu borada O'zPFL vakili nima deydi? 

"Ha, yangi 2021 yilgi mavsumda milliy chempionatimiz va Kubok bahslari doirasidagi uchrashuvlarda yangi to'plardan foydalaniladi. O'tgan yili Puma to'plari tanlangan edi. Biroq mavsum yakunida bir qator futbolchilar va murabbiylar Puma to'plaridan ko'ngillari to'lmaganini bildirishdi. SHu sababli qishda O'zPFL klublarga murojaat qilib, kichik so'rovnoma o'tkazdi. Ko'pchilik klublar adidas variantini maqul bilishdi. Yakunda adidas CONEXT 21 to'plarida to'xtalindi. O'zPFL klublar tanlovi natijasini O'FAga malum qildi va ayni paytda O'FA mutaxassislari adidas CONEXT 21 to'plarini etkazib berish bo'yicha ish olib borishmoqda",- deydi O'zPFL vakili Zohir Akramxonov.

Batafsil intervyuni bir necha soatlardan so'ng etiboringizga havola etamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика