Jonli yo'lakda tepilgan Muhitdinov va Ismoilov, Abrorni quvlab ketgan Krimec. "Paxtakor"ning rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA
05 mar 2021 16:32
Yangiliklar
Jonli yo'lakda tepilgan Muhitdinov va Ismoilov, Abrorni quvlab ketgan Krimec. "Paxtakor"ning rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA
Unda mamlakatning amaldagi chempioni va kubok sohibi "Paxtakor" o'tgan yil kumush medallarga ega chiqqan "Nasaf" bilan bellashadi. "Championat.asia" ijodiy guruhi muhim to'qnashuvni bevosita o'quvchilar uchun yoritib borish maqsadida Samarqand shahriga etib kelgan.
Bugun Superkubokdan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvda rasman mezbon maqomida bo'ladigan "Paxtakor" 15:00da o'yin o'tkaziladigan "Dinamo" stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Piter Xyuistra boshchiligida o'tgan mashg'ulotda jami 20 nafar futbolchi ishtirok etdi. SHulardan 17 nafari o'yinchi, 3 nafari darvozabon. Barcha to'liq shug'ullandi, hech qanday kichik jarohatlar yo'q.
Mashg'ulot avvalida futbolchilar Laslo Yambor nazoratida mushaklarni qizdirib olishdi, keyin esa uch nafar kiper (Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov hamda Aziz Isaqov) bilan Anvar Rashidov shug'ullandi. Qolgan 17 o'yinchi esa Piter Xyuistra, Mirko Yelichich va Gocha Tkebuchava boshchiligida shug'ullanishdi.


Doimo xushchaqchaq Gocha Tkebuchava.

Hujum chizig'ida yolg'iz o'zi qolgan Eren Derdiyok.

"Navbahor"dan "Paxtakor"ga o'tgan Aziz Turg'unboev.

Mashg'ulotni boshlashdan oldin SHarof Muhitdinov hamda Abror Ismoilovlar jonli yo'lakdan o'tishdi va tepki eyishdi)


Keyin esa Krimec Abrorni quvlab ketdi)




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar