Jonli efir, jonli muloqot...
01 noy 2021 11:17
Yangiliklar
Jonli efir, jonli muloqot...
Hamidjon G'ulomovich bilan kattaroq suhbat tashkil qilishni anchadan beri rejalashtirib qo'ygandik. Biroq o'yinlar, vaqt masalasi va yana bazi sabablarga ko'ra, intervyu amalga oshmay kelayotgandi.
Va nihoyat bugun intervyu bo'ladigan kun ekan. Soat 16:00dan boshlab intervyu Youtube kanalimizda jonli (onlayn) tarzda olib boriladi. Suhbatni jonli o'tkazishni Hamidjon Aktamovning o'zlari taklif qildi, muxlislarda ham menga beriladigan savollar ko'p, hammasiga bugun jonli efirda javob beraman dedilar. Bunday taklifni tabiiyki biz ham qabul qildik.
SHunday ekan, Hamidjon Aktamovga qanday savollaringiz bo'lsa, bemalol shu xabar tagiga izoh sifatida qoldirishingiz mumkin. Bundan tashqari jonli muloqot paytida Youtube sahifamizga keladigan savollar ham javobsiz qolmaydi.
Fikrlar