So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

Jonibek Ko'chimov: "Zomin"ga faqat omad etishmadi" Yangiliklar

Jonibek Ko'chimov: "Zomin"ga faqat omad etishmadi"

PRO-Liga 7-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “Zomin” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Jonibek Ko'chimov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Jonibek, bugungi uchrashuvda mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilganligingiz bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi fiklaringiz...
- Uchrashuv qiyin bo'ldi. Biz bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Buning boisi agar bugungi o'yinda g'alaba qozonsak, PRO-Liga “V” guruhida birinchi o'ringa ko'tarilib olishimiz mumkin edi. Bugungi o'yinda bizga faqat va faqat omad etishmadi deb o'ylayman. Jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmadi. Uchrashuvda bir necha marta gol bo'lishi kerak bo'lgan holatlarda to'p raqib darvozasiga kirishni xohlamadi.  

- Kelajakdagi rejalaringiz haqida gapirib o'tsangiz...
- Kelajakdagi rejalarim – bugungi kunda yangicha yondashuv asosida yanada chiroy ochib borayotgan Superliga klublarida o'ynash. SHuningdek o'z ustimda muntazam ishlab, o'yinlarimni yanada kuchaytirib, O'zbekiston milliy terma jamoasi safida to'p tepish rejalarim bor.  

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика