Jon Terri mish-mishlarni rad etdi
23 iyu 2018 08:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/445533_original.jpg)
![](/upload/storage/445533_220.jpg)
Jon Terri mish-mishlarni rad etdi
"CHelsi" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jon Terri faoliyatini yakunlagani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Hali faoliyatimni yakunlaganim yo'q. Ayni damda oilam bilan tatildaman va takliflarni ko'rib chiqyapman" - deb yozdi Terri "Instagram"dagi sahifasiga.
Oldinroq, 37 yoshli futbolchi "Aston Villa"dan ketganidan so'ng, butsalarini mixga ilgani va Sky Sports telekanalida mutaxassisi sifatida ishlashi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar