Joau Feliks "CHelsi"da!
10 jan 2023 17:41
Yangiliklar


Joau Feliks "CHelsi"da!
Italiyalik mahshur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Joau Feliks "CHelsi"ga deyarli o'tib bo'ldi.
Jamoalar o'rtasida to'liq og'zaki kelishuvga erishildi, ijara narxi 11 million evroga teng va 100% maoshi "CHelsi" tomonidan qoplanadi. "CHelsi" bilan tuzilgan shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi.
Ijaraga ketishdan oldin Feliks "Atletiko" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi.
Joau Londonga jo'nab ketdi. U yaqin soatlar ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.
Portugaliyalik o'yinchi ushbu mavsum 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar