Joau Feliks "Atletiko"dan ketishni rejalashtirmayapti

Alisher
19 okt 2021, 11:07
Oldinroq "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksning jamoasini o'zgartirishi mumkinligi borasida xabarlar yangragandi.

Portugaliyalik futbolchi "Atletiko"dagi hayotini sevadi va ketishni rejalashtirmayapti. Uni Madridda barchasi qoniqtirmoqda.

"Men Luis Suares va Grizmanndan ko'p narsalarni o'rgandim. Ko'p sifatlarni va tajribalarni ko'ryapman va men uchun o'rganish va ular bilan ishlash juda yaxshi", - deydi Feliks.

21 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano