So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

"Jizzaxdagi o'yin uchun javob qaytardik" - Diyoraxon Habibullaeva Yangiliklar

"Jizzaxdagi o'yin uchun javob qaytardik" - Diyoraxon Habibullaeva

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston kubogining finali ortda qoldi.

Toshkentda o'tgan bahsda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi qizlari oldingi mavsum chempioni — "Bunyodkor-W"dan minimal hisobda ustun keldi. Uchrashuvdan keyin "bo'rilar" etakchisi Diyoraxon Habibullaevaning fikrlariga quloq tutdik.

— O'yin haqidagi fikringiz?

— O'yin juda mashaqqatli o'tdi. Yil davomida qilgan mehnatlarimiz bugun mevasini berdi. Qizlarning yuragida shu paytgacha nimadir bor edi, shu narsani chiqarib yubordik. Boshqa o'yinlarga qaraganda bugun qizlarning o'ziga ishonchi kamroq edi. Lekin bugun hamma o'zini ko'rsatdi. 

— "So'g'diyona" nimaning evaziga g'alaba qozondi?

— Biz har safar yaxshi o'ynashga harakat qilamiz. Bugun ham jamoa bilan munosib o'yin ko'rsatdik, deb o'ylayman. Kubokni qo'lga kiritish ishtiyoqi ko'proq bo'lgani uchun ham yutib ketdik. 

— Kelajak rejalar qanday?

— Mana, Osiyo chempionatiga yo'llammani ham qo'lga kiritdik. Bu yil "So'g'diyona" klubi sharafini himoya qilgan bo'lsak, kelasi yil O'zbekiston nomidan maydonga tushamiz. Nasib qilsa, yaxshi natijaga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. 

— Jamoangiz bugungi g'alabani noodatiy uslubda nishonladi. Buni 18-noyabr kuni Jizzaxda "Bunyodkor"ning foydasiga hal bo'lgan o'yinda raqib vakilasi Aziza Norboeva ijrosida ko'rgan edik...

— Ha, bugun o'sha o'yin uchun javob qaytardik.

M. Kushbakova suhbatlashdi

Final qanday o'tdi?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика