So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  13 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  1 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  18 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Jizzaxda ikkita musobaqa bo'lib o'tdi Yangiliklar

Jizzaxda ikkita musobaqa bo'lib o'tdi

Teglar :  Jizzax viloyati
Jizzax viloyatida ikkita musobaqa o'tkazildi.

Jizzax viloyatida O'zbekiston futbol associaciyasining 2018 yilgi taqvim rejasiga asosan  U-16 yoshli o'smirlar o'rtasida mini-futbol (futzal) bo'yicha O'zbekiston Kubogi  musobaqasi o'z nihoyasiga etdi. Qayd etilgan natijalar:

Musobaqa yakunlariga ko'ra 3 - o'rinlarni Samarqand va Buxoro viloyati jamoalari, 2-o'rinni Sirdaryo viloyati hamda 1-o'rinni Jizzax viloyati terma jamoalari egallashdi.

Musobaqa g'oliblari O'zbekiston futbol associaciyasining Kubok, medal, diplomlari hamda Jizzax viloyat futbol associaciyasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqani odilona boshqarib borgan hakamlar brigadasi ham Jizzax viloyat futbol associaciyasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.



Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Saliev Ergash Alibekovich tomonidan ilk marta viloyat 2-liga chempionati g'olibi hamda "Viloyat hokimi Kubogi" musobaqasi g'olibi jamoalari o'rtasida "Viloyat Super Kubok" bahsi o'tkazildi. Zomin tumani markaziy stadionida o'tkazilgan uchrashuvda Zarbdor tumanining "Bo'ston" hamda Yangiobod tumanining "Yangiobod" jamoalari o'zaro bellashishdi. Qizg'in va kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda Yangiobod tumanining "Yangiobod" jamoasi yakunda 3-2 hisobida g'alaba qozonib "Viloyat Super Kubogi" ning ilk sohibiga aylanishdi. O'yin yakunlangach yopilish va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqqan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Saliev Ergash Alibekovich hammani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. SHundan so'ng uchrashuvning birinchi goli muallifi "Yangiobod" jamoasi futbolchisi Qodirov Jaxongir, uchrashuvning engi yaxshi o'yinchisi "Bo'ston" jamoasi futbolchisi Eldorbek Erkinovlar viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti tomonidan televizor bilan taqdirlandilar. Zarbdor tumanining "Bo'ston" jamoasi diplom, Yangiobod tumanining "Yangiobod" jamoasi "Viloyat Super Kubogi" hamda diplom bilan taqdirlanishdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика