So’nggi yangiliklar

23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  1 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  2 23:00А Серия. "Милан" - "Болонья" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  0 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  42 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  1 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  12 20:55Виталий Левченко: "Таркибимизда йўқотишлар кўп. Ким соғлом ҳолатда бўлса, ўша ўйнаяпти"  5 20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  82 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0 19:27"Ньюкасл" "Бавария" юлдузига қизиқмоқда  0 18:56Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  0 18:28Максим Шацких "Андижон" – "Нефтчи" учрашувига келди  17 18:06Осиё жамоалари Жаҳон чемпионатини тарк этди  1

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “CHarm to'p” mahallalararo futbol turnirining o'tkazilishi yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “CHarm to'p” mahallalararo futbol turnirining o'tkazilishi yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  CHarm to'pO'FA
Mamlakatimizda sportga, hususan futbolga juda katta etibor qaratilyapti. Nafaqat professional, balki, havaskor darajada futbol bilan shug'ullanish uchun ham sharoitlar yaratilyapti.

O'zbekiston fuqarolari futbolni qanchalik yaxshi ko'rishlarini bilish uchun har qaysi mahallaga tashrif buyurish kifoya. Maxsus maydonchalarda albatta to'p tepayotganlarni uchratasiz. Bu esa o'z navbatida aholini sog'lom turmush tarziga jalb etishda katta ahamiyat kasb etadi.

SHularni inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi hamkorlikda mahallalararo “CHarm to'p” turnirini bu yil yuqori saviyada o'tkazishga katta etibor qaratmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda ham aynan shu masala muhokama qilindi. Yig'ilishda Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Sport vazirining Birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov, O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, vazirlikning boshqarma boshliqlari, hududiy bo'linmalar rahbarlari, O'FAning tegishli departamentlari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etishdi. Dastlab “CHarm to'p” turnirining birinchi bosqichi bo'yicha boshqarmalarning hisoboti tinglandi. SHundan so'ng viloyat bosqichlari va yakuniy respublika bosqichini yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Eng muhim masala bu ishtirokchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berish. Bu borada viloyatlarda mahsus ishchi guruhlar tashkil etiladi va bevosita musobaqadagi ishtirokidan tortib, joylashish sharoitlarigacha nazorat qilib boriladi. Yakuniy respublika bosqichida ham jamoalarning safar harajatlari to'liq qoplanadi. Ular uchun barcha qulayliklar taqdim etiladi. Joylardagi turnirlar va final bosqichi nafaqat futbolchilar, balki ularning yaqinlari, mahalla vakillari, futbol muxlislari uchun bayramona ruhda o'tkaziladi.

Hal qiluvchi final esa poytaxtimizning asosiy stadionlaridan birida, katta gala koncert va sayl bilan birga bo'lib o'tadi. Garchi “CHarm to'p” ishtirokchilari havaskorlar bo'lsada, ular professional darajadagi, jahon standartlariga javob beruvchi katta bir turnirga ega bo'lishmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi bunga aksariyat boshqarmalarini jalb qilib, hakamlar, inspektorlar bilan taminlash, media yo'nalishida qo'llab quvvatlash, futbol mutasaddilari, mutaxassislari va taniqli shaxslarini jalb qilish, o'yin maydonlari, stadionlar bilan taminlash va yana ko'plab tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

Musobaqa jarayonlari va natijalari yurtimiz bo'ylab OAV orqali keng yoritib boriladi.

Bularning barchasidan asosiy maqsad futbolga qiziquvchi insonlar uchun katta bir bayram tashkil etish orqali havaskor va professional sport o'rtasida to'siqlarni olib tashlab, har bir fuqaroni yurtimiz sportiga yaqinroq bo'lishiga sharoit yaratib berishdir.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика