So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

"Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi": debyutantning "parvozi" tugadi, bosh sovrin "Xalq banki"ga nasib etdi Yangiliklar

"Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi": debyutantning "parvozi" tugadi, bosh sovrin "Xalq banki"ga nasib etdi

Qariyb o'n kun davomida “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlari millionlar o'yini bo'lmish futbol ixlosmandlari bilan gavjum bo'ldi.

22-30-oktyabr kunlari bu erda futbol bo'yicha vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona-tashkilotlar xodimlari o'rtasida “Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” musobaqalari o'tkazildi.

Hayajonli lahzalar, qizg'in va murosasiz kurashlar ostida o'tgan musobaqa bugun o'z poyoniga etdi. Hal qiluvchi bahsda “Xalq banki” hamda Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko'rsatish markazi DUK jamoalari to'qnash kelishdi.

Agar “Xalq banki” jamoasi bu kabi musobaqalarda qatnashishning yaxshigina hadisini olgan bo'lsa, Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko'rsatish markazi DUK xodimlari ilk bora mana shunday musobaqalarda ishtirok etishayotgandi. SHunga qaramay debyutant finalgacha bo'lgan yo'lni sharaf bilan bosib o'tdi. Bu yo'lda ular Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasi, O'zstandart agentligi, “Mikrokredit bank” ATB va nihoyat yarim finalda Davlat bojxona qo'mitasini ayab o'tirmadi. Biroq, finaldagi raqib har qachongidan jiddiy edi.

Garchi o'yin deyarli tengkurashlar ostida o'tgan bo'lsada, yakunda “Xalq banki” jamoasi yirik – 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bunga sabab, bankirlar yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishgan bo'lsa, musobaqa debyutantlari – Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko'rsatish markazi DUK jamoasi ko'plab qulay vaziyatlarni ko'kka sovurdi.

Uchrashuv yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Musobaqa g'olibiga bosh sovrin – ko'chma kubokni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Sayfiddinovich Ermatov tantanali surʼatda topshirdi.

Nominaciyalar bo'yicha g'oliblar:

“Eng yaxshi darvozabon” – Bahodir Mansurov (Davlat bojxona qo'mitasi)

“Eng yaxshi himoyachi” – Mamur Sultonov (O'zbekiston futbol associaciyasi)

“Eng yaxshi to'purar” – Sunnatillo Toshpo'latov (14ta gol, Davlat bojxona qo'mitasi)

“Eng yaxshi ishtirokchi” – Najmiddin Hikmatullaev (“SHarq” nashriyoti DUK)

“Eng yaxshi volontyor” – Yulduz Nosirova

3-o'rin – Davlat bojxona qo'mitasi

2-o'rin – Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko'rsatish markazi DUK

1-o'rin – “Xalq banki”


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика