Jiru: "Men Maguayr va Stounzni yaxshi bilaman, bu qiyin qarama-qarshilik bo'ladi"
07 dek 2022 11:30
Yangiliklar
Jiru: "Men Maguayr va Stounzni yaxshi bilaman, bu qiyin qarama-qarshilik bo'ladi"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru 10 dekabr kuni bo'lib o'tadigan JCH chorak finali doirasidagi Angliyaga qarshi o'yindan nimalarni kutayotgani haqida fikr bildirdi.
"Angliyaga qarshi o'yinda himoyada ishonchli o'ynashimiz va hujumni unutib qo'ymasligimiz kerak. Angliya – standart holatlarda juda xavfli jamoa. Ularda ajoyib futbolchilar bor.
Stounz va Maguayrga qarshi o'yin? Bu qiyin, jismoniy jihatdan mashaqqatli va shiddatli to'qnashuv bo'ladi. Bu yigitlar bilan ko'p ro'baro' kelganman, goh yutqazganman, gohida g'alaba qozonganman. Bir-birimizni yaxshi bilamiz, ammo detallar hammasini hal qiladi. Ularga nafaqat men, balki butun Franciya terma jamoasi qarshi chiqadi. Men ular bilan o'yinni va Angliya jamoasini qayta kashf qilishni intizorlik bilan kutyapman. Ajoyib o'yin bo'ladi, lekin asosiysi – g'alaba", – dedi Jiru.
Fikrlar